Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish tadbirlarida faol qatnashgan OAV xodimlari munosib taqdirlanadi
16:30 / 2025-12-17

Poytaxtimizda Milliy statistika qo‘mitasi va Xalqaro migratsiya tashkiloti vakillari o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Yig‘ilishda aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish tadbiri doirasida hamkorlik masalalari muhokama qilindi.

Ma’lumki, ro‘yxatga olish 2026 yilning 15 yanvaridan 28 fevraliga qadar o‘tkaziladi.  

Tadbirda aholini ro‘yxatga olishda zamonaviy texnologiyalardan foydalanish, o‘zaro hamkorlikni kuchaytirish, xalqaro tajriba va aniqlikni ta’minlash masalalari muhokama qilindi. Ro‘yxatga olish jarayonidagi tashkilotchilik ishlari, ma’lumotlarni qabul qilish va qayta ishlashni raqamlashtirish, aholini qamrab olishning samarali mexanizmlari haqida taklif va tavsiyalar bildirildi.

Uchrashuv yakunida mehmonlar tomonidan elektron jihozlar — noutbuklar, planshetlar va boshqa texnik vositalar taqdim etildi. Mazkur jihozlar aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish tadbirida onlayn ro‘yxatdan o‘tgan fuqarolarni rag‘batlantirish, shuningdek, ommaviy axborot vositalari vakillari, jurnalist va blogerlar o‘rtasida o‘tkaziladigan “Eng yaxshi targ‘ibot materiali” tanlovi g‘oliblarini taqdirlash uchun yo‘naltiriladi.

Gulnoza Boboyeva,

O‘zA