English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish qizg‘in davom etmoqda
18:32 / 2026-01-16

FOTOREPORTAJ

Ma’lumki, kecha 15 yanvardan boshlab, yurtimizda aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olishning onlayn bosqichi boshlandi. Ushbu muhim jarayonda Buxoro davlat universiteti jamoasi ham faol ishtirok etib, aholini ro‘yxatga olish ishlarini samarali tashkil etish, fuqarolarga tushuntirish va amaliy ko‘mak ishlarini ko‘rsatmoqda.  

[gallery-27162]

Ro‘yxatdan o‘tish uchun fuqarolar OneID tizimi orqali identifikatsiyadan o‘tib, so‘ng census.stat.uz portali orqali onlayn ro‘yxatdan o‘tishlari mumkin. Ushbu jarayon 17 kun davom etadi hamda xorijda bo‘lgan vatandoshlarimiz uchun ham ochiq.  

Ayni paytda Buxoro davlat universitetida ming nafardan ziyod xodim, 700 nafardan ortiq professor-o‘qituvchi, 19 ming 171 nafar talaba aholini ro‘yxatga olish jarayonida ishtirok etishi va belgilangan tartibda onlayn ro‘yxatdan o‘tishi ko‘zda tutilgan.

Tohir ISTATOV (surat), O‘zA