Ma’lumki, O‘zbekistonda aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish jarayonlari 2026 yil 15 yanvardan 28 fevralga qadar o‘tkaziladi. Ro‘yxatga olish tadbiriga “mahalla yettiligi” tizimi xodimlari jalb etiladi.
Davlat organlari va tashkilotlar 2026 yil 15 yanvardan 31 yanvargacha o‘z tizimida faoliyat yuritayotgan barcha xodimlarning census.stat.uz portalida ro‘yxatdan o‘tishini ta’minlaydi. Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi respublikadagi barcha maxsus va kasbiy ta’lim tashkilotlari, shuningdek, davlat nodavlat va xorijiy oliy ta’lim tashkilotlari va ularning filiallarida o‘qiyotgan talabalarning ushbu portalda ro‘yxatdan o‘tishiga ma’sul bo‘ladi. Ro‘yxatga olish tadbirlarining tartibi, muddati va mas’ul tashkilotlarning sa’y-harakatlari xususida Milliy statistika qo‘mitasi bo‘lim boshlig‘i Jahongir Qambarov va bosh mutaxassis Zulayho Xudoyorova bilan suhbatlashdik.
- Aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish qay tartibda amalga oshiriladi?
- Har qanday boshqaruv qarori ma’lumotlarga asoslanadi. Inson har kuni muayyan ishlarni bajarishdan oldin muayyan ma’lumotlar asosida harakatlarni amalga oshiradi. Ushbu harakatni davlat miqyosida olib qaraydigan bo‘lsak, davlat ham o‘z fuqarolarining taqdiri, yashash sharoiti, turmush darajasini yaxshilash uchun tegishli qarorlarni qabul qilishda aniq ma’lumotlarga ehtiyoj sezadi. Ushbu ma’lumotlarni shakllantirish, tizimlashtirish, yig‘ish va e’lon qilish ishlarini Milliy statistika qo‘mitasi, statistika organlari bajaradi.
Statistikaning tarixiga e’tibor qaratadigan bo‘lsak, qadimdan boshqaruv, davlatchilik tashkil bo‘lgan davrdan boshlab vujudga kelgan boshqaruvning elementi sifatida qaraladi. Qadimda muayyan davlatlarning mudofaasi bo‘ladimi yoki soliq yig‘ish tizimi bo‘ladimi, albatta ma’lumotlarga tayanilgan.
<iframe width="640" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/J49J6XLAf-c" title="Aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish qay tartibda amalga oshiriladi?" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>Sanjar Toshpo‘latov, Oybek Davronov, Salimjon Obidjonov (video), O‘zA