Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Aholi va qishloq xo‘jaligi ro‘yxatga olinishi bo‘yicha seminar tashkil etildi
11:44 / 2025-12-09

Termiz shahridagi “Yoshlar markazi”da Milliy statistika qo‘mitasi, viloyat hokimligi va aloqador tashkilotlar hamkorligida 2026 yil 15-31 yanvar kunlari davlat muassasalari, korxona va tashkilotlari ishchi-xodimlari hamda talabalarni census.stat.uz portali orqali tizimli va sifatli ro‘yxatdan o‘tkazish jarayonlariga bag‘ishlangan seminar o‘tkazildi.

Prezidentimizning shu yil 19 sentyabrdagi “O‘zbekiston Respublikasida aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish tadbirini o‘tkazish to‘g‘risida”gi farmoni 8-bandi ijrosini ta’minlash yuzasidan tashkil etilgan tadbirda viloyat, tuman va shahar statistika organlari, barcha korxona va tashkilotlar mutasaddilari, kadrlar bo‘limi xodimlari ishtirok etdi.

Seminarda aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olishning mazmun-mohiyati hamda ahamiyati haqida atroflicha ma’lumot berildi. Jarayonni o‘tkazish tartib-taomillari tushuntirildi. Ro‘yxatga olishning dastlabki 17 kunida census.stat.uz portali orqali OneID tizimi yordamida onlayn ro‘yxatdan o‘tish imkoniyati yaratilgani, keyingi bir oy davomida “mahalla yettiligi” a’zolari ishtirokida uyma-uy yurib ma’lumot yig‘ilishi ta’kidlandi. Farmonda davlat organlari va tashkilotlari 2026 yil 15 yanvardan 31 yanvarga qadar o‘z tizimida faoliyat yuritayotgan barcha xodimlarning census.stat.uz portalida ro‘yxatdan o‘tishini ta’minlash yuzasidan tegishli vazifalar topshirilgani qayd etildi. Tizimda ro‘yxatdan o‘tish tartibi, texnik talablar va amaliy bosqichlar haqida atroflicha ma’lumot berilib, taqdimotlar o‘tkazildi. 

Tadbir yakunida ishtirokchilarni qiziqtirgan savollarga javob berildi.

Xolmo‘min Mamatrayimov, O‘zA muxbiri