Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Aholi uchun uy-joy qurish ishlari qizg‘in davom etmoqda
15:02 / 2025-07-07

FOTOREPORTAJ

Farg‘ona viloyati respublikamizda aholisi eng zich joylashgan hududlardan hisoblanadi. Tabiiyki, bunday sharoitda turar joylarga bo‘lgan talabni qondirish oson kechmaydi. Shu jihatdan viloyatda aholi uchun zamonaviy uy-joylar barpo etish sur’ati oshib borayotgani alohida e’tiborga molik.

Bu jarayonda xususiy qurilish-pudrat tashkilotlarining ulushi salmoqlidir. Xususan, “Evro garant stroy house” korxonasi ayni paytda Farg‘ona shahri Qirguli mavzesida 8 qavatli turar joy qurish ishlarini olib bormoqda.  

[gallery-24182]

– Korxonamiz quruvchilari tomonidan ko‘p qavatli uylar bilan bir qatorda mahalla binosi, madaniyat markazi, maktab va maktabgacha ta’lim tashkiloti, ochiq sport maydonchalari, shuningdek, ko‘rkam va zamonaviy qiyofadagi savdo do‘konlari bunyod etilmoqda, - deydi “Evro garant  stroy house” MCHJ rahbari Rustam Umaraliyev. – Qurilish ishlarini sifatli, pishiq va belgilangan me’yorlarga to‘la muvofiq holda amalga oshirishga jiddiy ahamiyat qaratmoqdamiz. Ertaga bu yangi uylarga kelib yashaydigan yurtdoshlarimiz bizdan, mehnatimizdan rozi bo‘lsa, eng katta yutug‘imiz shu!  

Muqimjon QODIROV(surat),O‘zA