Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Aholi turmush darajasi yuksalmoqda (+video)
16:04 / 2025-10-24

Quva nafaqat anori bilan, balki tarixiy obidalari, yirik savdo markazlari bilan ham mashhurdir. Ammo... Quva markazidagi ayrim ko‘chalar, savdo rastalari betartib edi. 2025 yil boshidan Quvada yirik loyihalarni amalga oshirishga kirishdilar.

Buning uchun davlat rahbarining tashabbusi bilan Marg‘ilon va Quvaga qo‘shimcha mablag‘lar ajratildi. Shundan so‘ng markaz tamomila qayta qurildi. Eski ko‘chalar, uylar o‘rnida mulk egalari uchun yangi loyihalar taklif etilib, ularning roziligi bilan keng, ravon ko‘chalar, savdo, xizmat ko‘rsatish va turarjoy binolari qad rostladi.

– 2010 yildan buyon shu hududda faoliyat olib borar edim. Do‘konimiz bir qavatli va ko‘rimsiz edi. Prezidentimiz sharofati bilan ikki qavatli zamonaviy loyihadagi binoga ega bo‘ldik, – deydi tadbirkor Adhamjon Abdullayev. –Avvalgi holatimizda oyoq osti tuproq, do‘konlar har xil soyabonlar bilan bir- biriga biriktirilgan, ko‘rimsiz edi. Ayniqsa, qishda loygarchilikda tadbirkorga ham xaridorga ham qiyin bo‘lardi. Hozir esa ko‘chalar ravon, tunda ham yorug‘, hamma joyga gullar ekilgan, odamlar gavjum. Sharoitimiz juda qulay.

Aholi bu ko‘chaga 24-u 7 deb xalqona nom qo‘yib olibdi. Bu esa ko‘chadagi barcha inshootlar haftaning yetti kuni 24 soat davomida ishlaydi, deganidir. Endi bu ko‘chalarda avtomobil yurmaydi. Saylgohga oila a’zolari, bolajonlar bilan ham kelib miriqib dam olish, ro‘zg‘orning kamini to‘ldirib ketish mumkin.

Ha, islohotlardan maqsad ham shu edi: aholi turmush darajasi yuksalmoqda.

<iframe width="640" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/LQ_usd4iFsU" title="Aholi turmush darajasi yuksalmoqda" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>

Muhammadjon Obidov, Elyor Olimov(video, surat), O‘zA