Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Aholi tibbiy ko‘rikdan o‘tkazildi
11:57 / 2025-09-15

FOTOREPORTAJ

Sirdaryo viloyati Shirin shahar tibbiyot birlashmasida aholi uchun chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rik tashkil etildi. Unda 300 ga yaqin fuqaro ishtirok etdi.

Tibbiy ko‘rikdan o‘tgan ishtirokchilarning 26 nafarida turli kasalliklar aniqlanib, 6 nafari viloyat darajasida davolanishga, 11 nafari shahar tibbiyot birlashmasi statsionar bo‘limida, 9 nafari esa ambulator sharoitda davolanishga yo‘naltirildi.

 [gallery-25301]

Ko‘rikda nevropatolog, onkolog, akusher-ginekolog, oftalmolog,  terapevt, kardiolog, xirurg va pediatr fuqarolarga bepul tibbiy xizmat ko‘rsatdi. Shuningdek, tadbir davomida gepatit B kasalligini aniqlovchi ekspress-test ham o‘tkazildi.

Bunday tibbiy ko‘riklar aholi salomatligini asrash, kasalliklarni erta aniqlash va ularning oldini olishda muhim ahamiyatga ega.

 

Shahriyor ORTIQBOEV(surat),O‘zA