Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Aholi tibbiy ko‘rikdan o‘tkazildi
19:13 / 2022-08-05

FOTOREPORTAJ

Nukus shahridagi “Istiqlol” bolalar dam olish maskanida fuqarolar uchun tibbiy ko‘rik o‘tkazildi.

Toshkent shahar Sog‘liqni saqlash boshqarmasi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi va Nukus shahar hokimligi hamkorligida tashkil etilgan tibbiy ko‘rikka aholining barcha qatlami jalb etildi.

[gallery-8181]

Pediatr, nevropatolog, oftolmolog, akusher-genikolog, travmatolog, kardiolog, terapevt kabi malakali mutaxassislar fuqarolarni tibbiy ko‘rikdan o‘tkazib, aniqlangan kasalliklar bo‘yicha ularga tibbiy maslahat va tavsiyalar berdi. Kasalliklarni oldini olish, sog‘lom turmush tarziga amal qilish, salomatlikni saqlashning muhim qoidalari yuzasidan tushunchalar berdi.

Maqsad HABIBULLAEV (surat), O‘zA