Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Aholi tabiiy va suyultirilgan gaz bilan uzuluksiz ta’minlanmoqda
21:16 / 2022-12-26

Sirdaryo viloyatidagi “Hududgaz Sirdaryo” gaz ta’minoti filialining “Baxtshahargaz” gaz ta’minoti bo‘limi hozirgi kunda 9460 xonadonga xizmat ko‘rsatmoqda. Iste’molchilar suyultirilgan gaz bilan bir maromda, uzluksiz ta’minlanyapti.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 24 sentyabrdagi “Tabiiy gaz nazorati va hisobining avtomatlashtirilgan tizimini joriy etish” loyihasini amalga oshirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori ijrosi yuzasidan 3 bosqichli tizimdan 2 bosqichli tizimga o‘tkazilib, jami 5599  nafar aholi va 54 ta ulgurji iste’molchiga elektron gaz hisoblash uskunalari o‘rnatilib, reja 100 foizga bajarildi.

Ayni vaqtda kuz-qishga tayyorgarlik ko‘rish maqsadida gaz taqsimlash qurilmalari (GTQ)ni texnik taftishdan o‘tkazish rejasi, gaz quvurlarini tartibga keltirish, gaz quvurlarini bo‘yoqlash ishlari to‘liq bajarilgan.  

Bundan tashqari, mavjud 7,4 km yer osti gaz quvurlarini bosim ostida sinash va tozalash ishlari amalga oshirilib, mavsumga hozirlandi.

– Iste’molchilarni bir me’yorda va xavfsiz tabiiy gaz bilan ta’minlash maqsadida Baxt GTSdan Baxt shahriga yo‘naltirilgan D-325 mmli 4.5 km yer usti gaz quvuri va Malek GTSdan Islomobod va Matonat MFYga yo‘naltirilgan D-114/159 mmli 3 km yer usti gaz quvuri tartibga keltirilib bo‘yoqlandi. Shuningdek, mahallalarda mavjud arkalar va ulardagi tayanchlar ham bo‘yaldi.

Aholiga xizmat ko‘rsatish yo‘nalishida 5627 ta xonadonga texnik ko‘rik va profilaktik xizmat ko‘rsatilib, 3487 ta xonadonning dudbo‘ronlari sozligi tekshirildi.

– Iste’molchilar tomonidan tabiiy gazdan oqilona va xavfsizlik qoidalariga amal qilgan holda foydalanish, is gazidan zaharlanishning oldini olish bo‘yicha targ‘ibot-tashviqot ishlari olib borilyapti, – deydi "BAXTSHAHARGAZ" gaz ta’minoti bo‘limi boshlig‘i Bahodir Mamadiyev. – Sirdaryo tumani “Matonat” MFY "Xashtum" qishlog‘idagi 74 ta,  Xalqlar Do‘stligi ko‘chasidagi 94 ta aholi xonadonlari, Baxt shahar hududining "Tadbirkor" MFYdagi Afsona va Sanoatchilar ko‘chasidagi 203 ta, Beshbuloq MFY Charag‘on ko‘chasidagi 201 ta aholi xonadonlariga tabiiy gaz yetib borishi qiyin bo‘lganligi uchun gaz quvurlari mansublik chegarasiga olib chiqilib, zamonaviy gaz hisoblash asboblari o‘rnatilib, tabiiy gaz ta’minoti bilan bir maromda uzluksiz taminlandi.

Aholi iste’molchilariga uzluksiz bir maromda tabiiy gaz yetkazib berish maqsadida kafolatlanmagan ulgurji iste’molchilarni tabiiy gaz tarmog‘idan uzish ishlari olib borilmoqda.

Suyultirilgan gaz ta’minotidagi iste’molchilarga joriy yil shu kunga qadar jami  744,34 tonna suyultirilgan gaz 30-35 kun orasida grafik reja asosida belgilangan imtiyozli narxlarda bo‘lim avtotransportlari yordamida xonadonlarga yetkazib berildi.

bugungi kunda tabiiy va suyultirilgan gaz ta’minotini uzluksiz yetkazib berish maqsadida bo‘limda 24 ta navbatchilik  shtabi tuzilgan.

Shuhrat Suyarov, O‘zA