Aholi sug‘urtaning qaysi turidan ko‘proq foydalanmoqda?
Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, joriy yilning 10 oyida mamlakatimizda sug‘urta xizmatlari hajmi 10 trln. so‘mni tashkil etgan. Bu ko‘rsatkich 2024 yilning mos davriga nisbatan 2,6 trln. so‘mga oshgan.
Sug‘urta xizmatlari hajmida eng katta ulushni baxtsiz hodisalardan sug‘urtalash, avtotransport vositalari va boshqa transport turlarini sug‘urtalash, yuk va mulkni sug‘urtalash va boshqalar egallagan. Ularning ulushi 81,5 foizni tashkil etgan.
Qayta sug‘urtalash xizmatlari 14,2 foizni, hayotni sug‘urtalash bo‘yicha xizmatlar ulushi esa 4,3 foizni tashkil etgan.
Gulnoza Boboyeva, O‘zA