French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Aholi salomatligi yo‘lida
16:27 / 2024-07-12

Buxoro viloyati Romitan tumanida Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Buxoro filiali direktori M. Rajabov boshchiligidagi soha mutaxassislari ishtirokida tibbiy ko‘rik hamda amaliy-uslubiy yordam aksiyasi tashkil etildi.

Mutaxassislar guruhi tumanning ko‘p tarmoqli markaziy poliklinikasida aholini chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rikdan o‘tkazdi. Shuningdek, guruh a’zolari Romitan tumanlararo qo‘shma shikastlanishlar va o‘tkir qon-tomir kasalliklari markazi faoliyati bilan tanishtirildi. Ushbu markaz Peshku, Romitan va Buxoro  tumanlari aholisiga tibbiy xizmat ko‘rsatadi.

Guruh mutaxassislari markazda aholiga ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmat sifatini yanada yaxshilash, zamonaviy tibbiy texnika va buyumlar bilan jihozlash borasida amalga oshirilayotgan ishlarni o‘rgandi. Bemorlarning kasallik tarixlari, aholiga sifatli ixtisoslashtirilgan tibbiy xizmatni tashkil etish hamda markazni mutaxassislar bilan ta’minlash masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Tuman mutaxassislari tajribasini oshirish, bemorlarga tibbiy yordam standartlariga muvofiq maslahat va diagnostika, davolashni amalga oshirish borasidagi ishlar ko‘rib chiqildi.  Shuningdek, markaz to‘g‘risida tushuntirishlar berildi. Mutaxassislarning tajriba orttirishiga ko‘maklashish orqali amaliy-uslubiy yordam ko‘rsatilishi ham ta’minlandi.

Tumanda filial mutaxassislari tomonidan 458 nafar “D” nazoratda bo‘lgan fuqarolar, shulardan 301 nafari 1- va 2-guruh nogironlari chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rikdan o‘tkazildi. Mutaxassislar tomonidan bemorlarning kasallik turlari va kasallik xurujiga qarab ambulator va statsionar sharoitda davolash tavsiya qilindi. 154 nafar bemorlarning ambulator va 89 nafar bemorlar statsionar sharoitda tuman va viloyat miqyosidagi shifoxonalarda davolanishga muhtojligi aniqlanib, ularga davolanishi uchun yo‘llanmalar berildi.

Shuningdek, 7 nafar bemorga yuqori texnologik jarrohlik amaliyotlari o‘tkazildi o‘tkazildi. “Mahorat darslari” shaklida tashkil etilgan jarrohlik amaliyotlariga tuman shifokorlari ham qatnashdi. Romitan tumani aholisiga amaliy tibbiy yordam ko‘rsatish tadbirlari davom etmoqda.

Zarif Komilov,  

O‘zA muxbiri