Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Aholi o‘zi tanlagan nomzodga ovoz bermoqda
15:32 / 2022-05-18

Qashqadaryo viloyatida ham fuqarolar yig‘ini raisi (oqsoqoli) saylovi yuqori saviyada tashkil etilmoqda.

Qarshi tumani Potron mahallasida fuqarolar yig‘ini raisini saylash jarayonlari ko‘tarinki ruhda o‘tkazildi. Ushbu mahallada 6 ming nafardan ziyod aholi istiqomat qiladi. Shundan 2 ming 590 nafari saylov yoshiga to‘lgan fuqarolardir. Har galgidan farqli o‘laroq bu galgi saylovlarda aholi vakillari o‘zlari munosib ko‘rgan nomzodga ovoz berish jarayonida faol qatnashdi. Bu odamlarning siyosiy qarashi so‘nggi yillarda tubdan o‘zgarganini ko‘rsatadi. 

– Rostini aytsam, mahalla raisi saylovida ilk bor qatnashishim, – deydi Sabohat aya Yoqubova. – Ilgari yangi rais saylanganini ham bilmay qolardik. Bu tarzda saylov o‘tkazilishini biz orzu qilganmiz. Yurtboshimiz tashabbusi bilan xalqqa mana shunday imkoniyat yaratib berildi. Albatta, raislikka saylangan nomzod xalqni o‘ylaydigan, mahalla rivoji uchun fidoyilik bilan mehnat qiladigan inson bo‘lishi lozim. Men ham o‘zim tanlagan munosib nomzodga ovoz berdim. 

Yakuniy natijalarga ko‘ra, Laziz Mirzayev Potron mahalla fuqarolar yig‘inining yangi raisi etib saylandi. Saylov jarayonlarida Oliy Majlis Senati a’zosi Mahmud Parpiyev ham ishtirok etdi.

O‘lmas Barotov, O‘zA.