FOTOREPORTAJ
Namangan viloyati To‘raqo‘rg‘on tumanida Ijtimoiy himoya milliy agentligi viloyat boshqarmasi tomonidan aholi muammolarini hal etishga qaratilgan sayyor qabul o‘tkazildi.
Unda “Saroy”, “Katta Qurama”, “O‘zbekiston” hamda “Qatag‘on” mahalla fuqarolar yig‘inlaridan jami 38 nafar fuqaroning protez-ortopediya mahsulotlari va reabilitatsiya qilishning texnik vositalari bilan ta’minlanish, nogiron farzandini davolanishi uchun moddiy yordam olish, nogironlik belgilanishi, nogironlik pensiyasi kamayganligi va boshqa turli masalalar bo‘yicha murojaatlari tinglandi. Ularning 7 tasi joyida hal etilib, 12 tasiga huquqiy tushuntirish berildi.
[gallery-15766]
Shu bilan bir qatorda sayyor qabul davomida aholiga Vazirlar Mahkamasining 2023 yil 10 noyabrdagi “Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimi orqali kam ta’minlangan oilalarni aniqlash va ularga ijtimoiy nafaqalar tayinlash bo‘yicha elektron shaklda ariza berishni joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori haqida atroflicha ma’lumot berildi.
Ta’kidlash joiz, fuqarolarni qiynayotgan muammolarni hal etishning samarali mexanizmi va usullarining joriy etilgani mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlarning ustuvor yo‘nalishidir.
Hotam MAMADALIEV (surat), O‘zA