bugungi kunda hududlardagi muammolar bevosita joyida o‘rganilib, sektor rahbarlari tomonidan ularni hal qilish choralari belgilanmoqda. Ayniqsa, aholi muammolarini manzilli o‘rganish va hal etish maqsadida “Temir daftar”, “Ayollar daftari” va “Yoshlar daftari” mexanizmining yo‘lga qo‘yilishi ijobiy samarasini bermoqda.
Navbahor tumanida 41 ta mahalla fuqarolar yig‘ini bo‘lib, 104 ming 800 nafar aholi istiqomat qiladi. Mavjud mahallalarning 11 tasi esa 2-sektor hududiga to‘g‘ri keladi.
Hududda 3786 nafar yosh mavjud. Shundan 682 nafari “Yoshlar daftari”ga kiritilib, yil boshidan buyon 644 nafar yoshga amaliy yordam ko‘rsatildi. Xususan, 72 nafari ishga joylashtirildi, 42 nafari “Har bir tadbirkor - yoshlarga madadkor” tamoyili asosida tadbirkorlarga, 39 nafari esa “Ustoz-shogird” an’anasi doirasida hunarmandlarga biriktirildi, 174 nafariga 3,9 milliard so‘mlik kreditlar ajratish orqali tadbirkorlikka jalb etildi, 60 nafari kasb-hunarga o‘qitilib, 37 nafariga mehnat qurollari uchun subsidiyalar ajratildi, 4 nafar yosh talabaning to‘lov-kontraktlari to‘lab berildi. Hududdagi 37 nafar ishsiz yoshga subsidiya mablag‘i asosida 26 ta elektr payvandlash, 11 ta motokultivator olib berildi.
– Tumandagi “Sarbozor” mahallasida yashayman, – deydi D.Axtamov. – O‘rganishlar jarayonida ishsiz ekanligim inobatga olinib, “Yoshlar daftari”ga kiritilgan edim. Tuman prokurori tomonidan menga ham subsidiya asosida motokultivator olib berildi. Ayni paytda aholi tomorqasida yer ag‘darish bilan shug‘ullanib, kunlik daromadga ega bo‘layapman.
Shuningdek, 179 nafar yoshga g‘alladan bo‘shagan maydondan qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtirish uchun 29 gektar yer maydoni ajratildi.
– Bundan tashqari, hududda o‘tkazilgan so‘rovnomalar natijasi bo‘yicha 5 ming 86 nafar ayolning manzilli ro‘yxati shakllantirilib, 325 nafari “Ayollar daftari”ga kiritildi, – deydi tuman prokurori, 2-sektor rahbari Ibrohim Bobomuradov. – Belgilangan chora-tadbirlar natijasida yil boshidan buyon jami 325 nafar xotin-qizga amaliy yordam ko‘rsatildi. Jumladan, ulardan 142 nafarining bandligi ta’minlandi, 23 nafari kasb-hunarga o‘qitildi, 114 nafariga kredit olib berildi, 20 nafariga tomorqasidan daromad olishi uchun ko‘mak berildi. Bundan tashqari, 3 nafariga huquqiy, 12 nafariga tibbiy, 11 nafariga boshqa yordamlar ko‘rsatildi.
Sektor hududida joylashgan ijtimoiy soha ob’ektlarining holati ham doimiy e’tiborda. Aniqlangan muammo va kamchiliklar hamkor tashkilotlar bilan kelishilgan holda joyida ijobiy hal etilish choralari ko‘rilmoqda. Xususan, sektorga biriktirilgan mahallalarda 136,4 km. ichki ko‘chalar mavjud bo‘lib, shundan 0,7 km. asfaltlandi, 8,1 km. yo‘lga tosh-shag‘al yotqizildi va ta’mirtalab holga kelib qolgan 8,8 km. yo‘llar ta’mirlandi. Ichimlik suvi ta’minotini yaxshilash maqsadida 0,2 km. suv quvuri ta’mirlandi, 6,4 km. uzunlikda yangi suv quvuri tortildi. Natijada ko‘plab xonadonlarga toza ichimlik suvi yetkazib berildi. Qolaversa, maktabgacha ta’lim muassasasi va qishloq vrachlik punkti mukammal ta’mirlanib foydalanishga topshirildi.
Joriy yilning o‘tgan davrida sektor hududida 2 ta yangi loyihaning foydalanishga topshirilishi natijasida 14 ta ishsiz fuqaroning bandligi ta’minlandi.
Abduvali Bo‘riyev, O‘zA