Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Aholi muammolari o‘rganildi
16:45 / 2024-08-07

FOTOREPORTAJ

Ijtimoiy himoya milliy agentligi direktori maslahatchisi Sherzod Asqarov boshchiligidagi ishchi guruh Navoiy viloyatining Karmana va Konimex tumanlarida aholi muammolarini o‘rganish hamda ularga qonuniy yechim topish maqsadida sayyor qabul o‘tkazdi.  

Jarayonda fuqarolarning nafaqa, tibbiy-ijtimoiy muassasalarga yo‘llanma olish, davolanish uchun moddiy yordam, ishga joylashish, reabilitatsiya texnik vositalari va protez-ortopediya mahsulotlari bilan ta’minlash masalalariga doir 40 ga yaqin murojaati tinglanib, ularni qonun doirasida hal etish choralari belgilandi.  

Xususan, Karmana tumaning Uyrot mahallasida yashovchi 2-guruh nogironligi bo‘lgan Azizbek Shodmonov sayyor qabulda ishga joylashish masalasida murojaat qildi. Fuqaro shu kunning o‘zida «Inson» ijtimoiy xizmatlar markaziga operator sifatida ishga qabul qilindi. Shuningdek, tadbir davomida 10 nafar nogironligi bo‘lgan shaxsga elektr yuritmali hamda maxsus ko‘p funksiyali aravacha berildi.  

Sayyor qabul davomida murojaatlarning aksariyati joyida o‘z yechimini topdi. Hal etilishi muddat talab qiladigan murojaatlar yuzasidan mutasaddilarga tegishli topshiriq berilib, ijrosi qat’iy nazoratga olindi.  

Ishchi guruh shuningdek, Navbahor tumanida nogironligi bo‘lgan shaxslarni kasb-hunarga o‘qitish va bevosita bandligini ta’minlashga mo‘ljallangan o‘quv ishlab chiqarish ustaxonasida bo‘ldi. Hozirda mazkur muassasada 74 nafar ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqaro “Ustoz-shogird” an’anasi asosida bir oylik bepul kasb-hunar kurslarida o‘qitilmoqda. Ular kasanachilik asosida o‘z uyida mehnat faoliyati bilan shug‘ullanadi.  

[gallery-18625]

Agentlik direktori maslahatchisi kasb-hunar kurslarida tahsil olayotgan nogironligi bo‘lgan shaxslar va viloyat Xotin-qizlar tadbirkorlik markazidan jalb qilingan trenerlar bilan suhbatlashdi. Shuningdek, «Madadkor» yoshlar markazi bilan hamkorlikda amalga oshirilayotgan yangi loyiha bilan tanishildi. Loyiha doirasida nogironligi bo‘lgan 6 nafar xotin-qizga tikuvchilik, pazandalik, sartaroshlik yo‘nalishi bo‘yicha faoliyat boshlashi uchun zarur asbob-uskunalar topshirilib, ular ishga joylashtirildi.  

So‘ng ishchi guruh Nogironligi bo‘lgan shaxslarni reabilitatsiya qilish va protezlash markazida bo‘ldi. Shuningdek, ular muassasa huzurida tashkil etilishi rejalashtirilayotgan Bolalar ambulator reabilitatsiya bo‘limi uchun ajratilgan bino bilan tanishdi.  

Siroj ASLONOV (surat), O‘zA