Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Aholi muammolari mahallabay tizimida hal etilmoqda
15:51 / 2023-05-12

Jizzax viloyati ichki ishlar boshqarmasi Zafarobod tumanida shu hududdagi “Pistalikent” shaharcha fuqarolar yig‘ini aholisi uchun sayyor qabul o‘tkazdi.

Qabulda Jizzax viloyatidagi Prezident Xalq qabulxonasi mudiri B.Uzoqov, Zafarobod tumani hokimi O‘.Rahmonov, sektorlar, viloyat va tuman mutasaddi tashkilotlari rahbarlari, qishloq va mahalla fuqarolar yig‘inlari raislari, xotin-qizlar faollari, mahalla hokim yordamchilari ishtirok etdi.  

Qabul davomida “Pistalikent” SHFYda istiqomat qiluvchi fuqarolarning asosan, elektr tarmoqlari, ichimlik va oqava suv, ichki yo‘llar ta’miridagi muammolar shu bilan birga bandlik bilan bog‘liq masalalar va moddiy yordamga oid murojaatlar tushgan. O‘ttiz beshta murojaatning o‘n oltitasi shu joyning o‘zida ijobiy hal etildi. Shu o‘rinda, sayyor qabulda fuqarolar tomonidan ko‘tarilayotgan har bir murojaat alohida nazoratga olib borilganini ham qayd etib o‘tish lozim. Shuningdek, muddat talab qiladigan murojaatlar yechimini topishi yuzasidan mutasaddilarga topshiriqlar berildi va ijrosi nazoratga olindi.  

– Prezidentimiz tashabbusi bilan ishni mahallabay tizimida tashkil etish, fuqarolarni qiynayotgan muammolarni hal etilishining samarali mexanizmi va usuli bo‘lib, mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlarning ustuvor yo‘nalishiga aylandi. Ishni mahallabay tizimida davom ettiramiz. Sayyor qabullar esa joylarda o‘rganilgan muammolar ijrosini ta’minlash va nazorat qilishning eng maqbul jarayonidir. Har bir murojaat doimiy nazoratimizda bo‘ladi, – dedi Jizzax viloyati IIB boshlig‘i, general-mayor G‘ayrat Qodirov.  

Zafarobod tumanida o‘tkazilgan sayyor qabul nihoyasida besh nafar “qizil” toifaga kiruvchi yoshga davolanishlari, “Ayollar daftari” ro‘yxatida turgan besh nafar xotin-qizga bir martalik moddiy yordam ajratilganligi to‘g‘risidagi sertifikatlar, yana besh nafar ijtimoiy himoyaga muhtoj xotin-qizga o‘zini o‘zi band qilishi uchun elektr pechlar taqdim etildi.  

A.QAYUMOV, O‘zA