Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Aholi muammolari hal etilmoqda
23:13 / 2024-02-12

2024 yil 20 yanvardan 20 martga qadar Toshkent viloyatida Adliya vazirligi tomonidan “Hech bir shaxs hujjatsiz qolmaydi” huquqiy aksiyasi o‘tkazilmoqda. Aksiya doirasida tug‘ilishi qayd etilmagani oqibatida shaxsini tasdiqlovchi hujjatlarga ega bo‘lmagan shaxslarga yordam beriladi. Shuningdek, yaqin qarindoshining o‘limi qayd etilmagan shaxslar, tug‘ilganligi yoki yaqin qarindoshining o‘limi haqidagi tibbiy ma’lumotnomaga ega bo‘lmagani sababli yuridik faktni belgilash yuzasidan sudlarga murojaat qilishi lozim bo‘lgan shaxslarga huquqiy yordam ko‘rsatiladi.

Shu kungacha viloyatda jami 611 ta mahallada xatlov o‘tkazilib, 3 ming 232 nafar fuqaroning tegishli hujjatlarga ega emasligi aniqlandi.   Aksiya doirasida olis va chekka hudud aholisiga 3 ming 540 ta sayyor davlat xizmatlari ko‘rsatildi.  

– Aksiya davomida 581 ta murojaat kelib tushdi, – deydi Toshkent viloyati adliya boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari Bekzod Artikov. – Murojaatlarning 547 tasi adliya organlari tomonidan ko‘rib chiqilib, 338 tasi qanoatlartirildi. 110 tasiga huquqiy tushuntirish berildi. 99 ta murojaat esa adliya bo‘limlari tomonidan ish yurituviga olindi. Shuningdek, tug‘ilganlik hujjatlari rasmiylashtirildi, shar’iy nikohlar qonuniylashtirildi. Shu bilan birga, tug‘ilganlik haqida yuridik faktni belgilash uchun sudlarga 14 ta ariza kiritildi. Shundan sud hujjatlari asosida 6 ta tug‘ilish qayd etildi. Xalqaro konvensiyalar doirasida takroriy guvohnomalar olish uchun 5 ta so‘rov yuborildi.

O‘zbekiston hududida 15 yildan ortiq yashaganlik faktini belgilashi lozim bo‘lgan shaxslarning  50 nafari arizasi ko‘rib chiqilmoqda.

  A. Musayev, O‘zA muxbiri