Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Aholi manfaatlari yo‘lida
19:26 / 2024-07-15

Mamlakatimizda aholi turmush darajasini yana yaxshilash borasida tizimli ishlar olib borilmoqda. Bu albatta, jamiyat rivoji va inson manfaatlarining yaxshilanishiga asos bo‘lmoqda.

Jumladan, Vazirlar Mahkamasining 2022 yil 1 iyundagi qarori bilan tasdiqlangan Bolalarni davlat umumiy o‘rta ta’lim muassasalariga qabul qilish hamda o‘quvchilarni bir umumiy o‘rta ta’lim muassasasidan boshqasiga o‘tkazish bo‘yicha davlat xizmatlari ko‘rsatishning ma’muriy reglamentiga ko‘ra, bolalarni 1-sinfga mikrohudud doirasida va mikrohududdan tashqarida qabul qilish bo‘yicha davlat xizmati ko‘rsatilishi belgilangan.

Bolalarning ota-onasi yoki ularning qonuniy vakili tomonidan har yili 20 iyundan 31 iyulgacha my.gov.uz yoki my.maktab.uz portali orqali bolalarni umumta’lim maktablariga o‘qishga joylashtirish uchun so‘rovnoma to‘ldiriladi. So‘rovnoma elektron shaklda hududiy xalq ta’limi boshqarmasiga yuboriladi  Murojaat uch ish kunida ko‘rib chiqiladi hamda mikrohudud bo‘yicha maktabga tavsiya etiladi.  

Ariza beruvchi farzandi maktabga qabul qilinganligi yoki qabul qilish rad etilganligi to‘g‘risidagi ma’lumotni my.gov.uz yoki my.maktab.uz  portali orqali elektron tarzda tizimdan yuklab oladi.  

Ariza beruvchi bolalarning ota-onasi yoki ularning qonuniy vakili o‘z istagiga ko‘ra har yili 1-15 avgustda mikrohududdan tashqari bo‘sh o‘rinlari mavjud bo‘lgan maktablarni tanlagandan so‘ng so‘rovnoma elektron tarzda tanlagan mikrohududdan tashqari bo‘lgan maktablarga yuboriladi va onlayn navbatga qo‘yiladi. Bu kabi tartibli tizimda doimiy ravishda shaffoflikka amal qilinadi. Hozirda yaratilgan bu kabi imkoniyat va sharoitlardan aholi mamnun.  

J.Badalov,  

Yangiyo‘l tuman adliya bo‘limi  

Davlat xizmatlari ko‘rsatish markazi boshlig‘i