Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Aholi manfaatlari “mahalla yettiligi” - tuman (shahar) kengashi - viloyat kengashi - Senat” tamoyili asosida kuchaytiriladi
15:32 / 2025-06-25

Davlatimiz rahbarining “O‘zbekiston Respublikasida mahalliy davlat hokimiyati vakillik organlari faoliyatini 2030 yilga qadar rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi farmoni qabul qilindi.

Farmon bilan “O‘zbekiston Respublikasida mahalliy davlat hokimiyati vakillik organlari faoliyatini 2030 yilga qadar rivojlantirish” konsepsiyasi tasdiqlandi.

Konsepsiyaga ko‘ra, mahalliy davlat hokimiyati vakillik organlari tizimini rivojlantirishning strategik maqsadlari va ustuvor yo‘nalishlar belgilandi.

Unga ko‘ra, mahalliy kengashlar, ularning organlari hamda deputatlarining nazorat faoliyatini takomillashtirish, byudjet va hududlarni rejalashtirish jarayonlaridagi ishtiroki kuchaytiriladi. 

Aholi muammolari va hudud manfaatlariga oid muhim va dolzarb masalalarni hal etish – “mahalla yettiligi” - tuman (shahar) kengashi - viloyat kengashi - Senat” tamoyili asosida kuchaytiriladi. 

Mahalliy kengashlarning norma ijodkorligi sohasidagi faoliyatini takomillashtirish, qarorlar ishlab chiqishda keng jamoatchilik ishtiroki ta’minlanadi.

Mahalliy kengashlar deputatlarining maqomi va faoliyatining asosiy kafolatlari yanada kuchaytiriladi. 

Mahalliy kengashlar faoliyatining tashkiliy-institutsional asoslari takomillashtiriladi. Ularning moddiy-texnik bazasi va kadrlar salohiyati mustahkamlanadi. 

Mahalliy kengashlar faoliyatida o‘zaro va xalqaro hamkorlik yo‘lga qo‘yiladi. 

Mahalliy kengashlar faoliyati to‘liq raqamlashtiriladi. “E-Kengash” elektron platformasi takomillashtiriladi. 

N.Abduraimova,

O‘zA