Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Aholi farovonligi yo‘lidagi amaliy natijalar
13:34 / 2025-10-25

Mamlakatimizda mahalliy boshqaruv tizimini takomillashtirish, aholi manfaatlarini joylarda hal etish va ularning turmush darajasini oshirish maqsadida joriy etilgan hokim yordamchilari instituti samarali natijalar berayotgani amalda o‘z isbotini topmoqda. Buning yorqin misollarini Jizzax viloyatining Arnasoy tumani tajribasida yaqqol ko‘rish mumkin.

Tumanning barcha mahallalarida hokim yordamchilari aholi bilan doimiy muloqot olib borib, har bir xonadonning ijtimoiy va iqtisodiy holatini o‘rganmoqda. Shu sababli ham muammolarni manzilli hal etishga erishilayotir.

Xususan, “G‘oliblar” mahalla fuqarolar yig‘inida faoliyat yuritayotgan hokim yordamchisi Laziz Mamaraimov tashabbusi bilan amalga oshirilayotgan ishlar aholining mehnat bandligini ta’minlashda muhim ahamiyat kasb etadi. 778 ta xonadon va qariyb 3800 nafar aholini qamrab olgan mahallada joriy yil davomida 114 ta yangi tadbirkorlik sub’ekti tashkil etildi. Ulardan 52 tasi yuridik shaxs, 62 tasi yakka tartibdagi tadbirkor sifatida faoliyat boshladi. Bu orqali 228 ta yangi ish o‘rni yaratildi.

2025 yil boshida 101 nafar ishsiz fuqaro ro‘yxatda bo‘lgan bo‘lsa, bugungi kunda ularning barchasi ish bilan ta’minlandi. Bunda imtiyozli kreditlar ajratish, kasb-hunarga o‘qitish va xotin-qizlarni pillachilik hamda mahalliy ishlab chiqarish sohalariga jalb etish  ishlari muhim omillardan bo‘ldi.

Shuningdek, 18 nafar xotin-qiz yangi tashkil etilgan “Asset Tex” korxonasida doimiy ish o‘rniga ega bo‘ldi, yana 6 nafar fuqaro uy sharoitida xizmat ko‘rsatish orqali bandlikka erishdi.

Bugungi kunda mahalla hududida 38 ta mikroloyiha amalga oshirilib, qo‘shimcha 92 ta ish o‘rni yaratildi. Bu ko‘rsatkichlar nafaqat iqtisodiy faollikni oshirishga, balki aholining jon boshiga to‘g‘ri keladigan daromadlarning o‘sishiga ham olib keldi.

A. Qayumov, O‘zA muxbiri