Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Aholi farovonligi yo‘lida yana bir muhim loyiha
16:57 / 2021-08-16

Toshkent viloyati Bo‘ka, Bekobod va Ohangaron tumanlaridagi aholi xonadonlarida parrandachilikni rivojlantirishga alohida e’tibor qaratilmoqda.

Bo‘ka tumanida "Bir mahalla – bir mahsulot" tamoyili asosida o‘tkazilgan seminar ham xuddi shu yo‘nalishga bag‘ishlandi.

O‘zbekiston Fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashi, viloyat hokimligi mas’ullari, Bo‘ka va Bekobod tumanlarida yashovchi namunali xonadon egalari, mahalla raislari, mutassaddi tashkilotlar vakillari ishtirok etgan tadbirda aholi xonadonlarida parrandachilikni rivojlantirish masalasi muhokama etildi.  

Mutasaddilarning ta’kidlashicha, “Har bir oila tadbirkor” dasturi doirasida 17 milliard 685 million so‘m, Fermerlar kengashi jamg‘armasidan 20 milliard 601 million so‘m kredit resurslari asosida 1 ta oila uchun o‘rtacha 15 million so‘m ajratilib, buning natijasida 100-150 bosh parrandalar boqilishi ko‘zda tutilgan. Viloyat bo‘yicha 2 ming 553 ta xonadonda 306 ming 360 bosh parranda boqish yo‘lga qo‘yiladi.

Tadbirda har bir tumanda o‘rtacha 800 tonna parranda go‘shti, 76 million dona tuxum yetishtirilishi ta’kidlandi.

– Tumanimizdagi "Jag‘albayli", "Mirzabek" va "Katta Ravot" mahalla fuqarolar yig‘inlarida "Bir mahalla – bir mahsulot" tamoyili asosida ishlar amalga oshiriladi, – deydi Bo‘ka tumani hokimi o‘rinbosari Uchqun Ergashov. – Har bir mahalladan 50 ta xonadon tanlab olindi. Parranda go‘shtini yetishtirish yo‘nalishida "Xayburit" kurka zotining bir oylik jo‘jalari tarqatiladi. Har bir xonadonga 5 million so‘m kredit ajratilib, 30 dona kurka jo‘jalari uchun 15 kvadrat metr hajmdagi katak, bir million so‘mlik yem ozuqasi ham yetkaziladi.

Mutaxassislarning ta’kidlashicha, ushbu kurka zoti besh oyda 20-28 kilogramm vaznda go‘sht qiladi. O‘rtacha hisobda 1 kilogramm kurka go‘shti uchun 30-35 ming so‘mdan ta’minotchi sotib olishi rejalashtirilgan. Xonadonlarda boqilgan kurka agar o‘rtacha 20 kilogramm go‘sht qilsa, boquvchining sof foydasi 18 million so‘mni tashkil etadi. Mutasaddilar tomonidan parrandalar Bo‘ka, Bekobod va Ohangaron tumanlaridagi ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarga tarqatiladi.

A.Musayev,O‘zA