Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Aholi daromadi oshmoqda
12:30 / 2018-08-31

Buxoro viloyati Vobkent tumanidagi Halvogaron mahallasida 4 mingdan ortiq aholi istiqomat qiladi. Mahallada kichik biznes va tomorqadan unumli foydalanish hisobidan daromad olayotgan oilalar koʻp

Buxoro viloyati Vobkent tumanidagi Halvogaron mahallasida 4 mingdan ortiq aholi istiqomat qiladi. Mahallada kichik biznes va tomorqadan unumli foydalanish hisobidan daromad olayotgan oilalar koʻp.

Gulruh Bekmurodova oilasi “Har bir oila – tadbirkor” dasturi doirasida aholi daromadini oshirishga qaratilgan imkoniyatlardan foydalanib, joriy yilda uy sharoitida parranda boqishni yoʻlga qoʻydi. Parvarishdagi 220 bosh tovuqdan kuniga 90 dona tuxum olinmoqda.

Mirmuhsin Bozorov esa oʻz xonadonida termos usulida issiqxona tashkil etgan. Issiqxonada yetishtirilayotgan bodring hozirgacha bir tonna hosil berdi.

5.JPG