Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Aholi bank xizmatlari, omonat turi va kreditlar haqida biladimi?
10:02 / 2019-03-27

“Ipoteka bank” ATIB rahbariyati tomonidan joylarda tadbirkorlar hamda aholi bilan ochiq muloqot va sayyor qabullar o‘tkazilmoqda.


“Ipoteka bank” ATIB rahbariyati tomonidan joylarda tadbirkorlar hamda aholi bilan ochiq muloqot va sayyor qabullar o‘tkazilmoqda.

photo5249494619459267029.jpg
Mamlakatimizda bank tizimini isloh qilishni yanada chuqurlashtirish va barqarorligini oshirish, mazkur tizimga aholi ishonchini mustahkamlash, axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng qo‘llagan holda ko‘rsatilayotgan bank xizmatlarining turi va ko‘lamini kengaytirish bo‘yicha tizimli chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.

2.JPG

“Ipoteka bank” ATIB tomonidan ham mijozlarga taklif qilinayotgan bank xizmatlari hamda mahsulotlari turlari tobora kengayib bormoqda. Shuningdek, belgilangan chora-tadbirlar asosida hududlarda aholi moliyaviy savodxonligini oshirish, bank xizmatlari iste’molchilarini sifatli va tezkor bank xizmatlari bilan ta’minlashga, muammolarni bartaraf etishga qaratilgan sayyor qabullar o‘tkazilib kelinmoqda. 

11.JPG

Farg‘ona viloyati Rishton tumanida bo‘lib o‘tgan tadbirkorlik sub’ektlari va aholi bilan uchrashuv va sayyor qabulda bank tomonidan ko‘rsatilayotgan xizmatlar bo‘yicha ma’lumot berildi. “Ipoteka bank” ATIB Farg‘ona viloyati filiali boshlig‘i A. Abdullaev bankdagi omonat turlari va ularning shartlari, “Har bir oila – tadbirkor” dasturi asosida berilayotgan imtiyozli kreditlar haqida so‘z yuritdi. Joriy yilning o‘tgan davrida “Ipoteka bank” ATIB Farg‘ona viloyati filiali tomonidan “Har bir oila – tadbirkor” dasturi asosida 6 milliard so‘mdan ortiq kreditlar berildi.

3.JPG

“Ipoteka bank” ATIB rahbariyati tomonidan tadbirkorlar va aholi bilan sayyor qabul ham o‘tkazilib, ularning murojaatlari tinglandi. Yuzma-yuz, ochiq va oshkora muloqotlar asnosida o‘tgan sayyor qabulda qator muammolar joyida hal etilib, qo‘shimcha o‘rganish, tekshirish va vaqt talab qiladigan murojaatlar tegishli bank mutaxassislari tomonidan nazoratga olindi.

9.JPG

– Bankimiz tomonidan ham bugungi kunda mijozlarga sifatli xizmat ko‘rsatish maqsadida ko‘plab ishlar amalga oshirilmoqda, – deydi “Ipoteka bank” ATIB bosh ofisi bo‘limi boshlig‘i Zafarjon Turg‘unov. – Ammo hanuzgacha aholi omonat turlari va kreditlar haqida yetarli ma’lumotga ega emas. Shuning uchun ham ular ba’zi muammolarga duch kelmoqda. Mana bunday uchrashuvlarda esa biz bank xizmatlari bo‘yicha ma’lumotlarni tushuntirishga alohida e’tibor qaratmoqdamiz. Bugungi sayyor qabul davomida ham fuqarolar chakana savdo, oilaviy tadbirkorlik, kredit turlari, plastik karta masalalari bo‘yicha murojaaat qildi va ular bo‘yicha zarur amaliy tavsiya va maslahatlar berdik.

11.JPG