French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Aholi bandligi ustuvor vazifa
12:26 / 2016-06-09

Surxondaryo viloyatining Oltinsoy va Qiziriq tumanlarida kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish, yangi ish o‘rinlari tashkil etish, aholi, ayniqsa, kasb-hunar kolleji bitiruvchilari va xotin-qizlarning bank xizmatlaridan foydalanishini yanada kengaytirish masalalariga bag‘ishlangan seminar bo‘lib o‘tdi.

Surxondaryo viloyatining Oltinsoy va Qiziriq tumanlarida kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish, yangi ish o‘rinlari tashkil etish, aholi, ayniqsa, kasb-hunar kolleji bitiruvchilari va xotin-qizlarning bank xizmatlaridan foydalanishini yanada kengaytirish masalalariga bag‘ishlangan seminar bo‘lib o‘tdi.

Prezidentimizning 2010-yil 28-iyuldagi “Ta’lim muassasalarining bitiruvchilarini tadbirkorlik faoliyatiga jalb etish borasidagi qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi farmoni ijrosi doirasida “Mikrokreditbank” aksiyadorlik tijorat banki, O‘zbekiston Xotin-qizlar qo‘mitasi va “Adolat” sotsial-demokratik partiyasi hamkorligida tashkil etilgan tadbirda mamlakatimizda qulay ishbilarmonlik muhiti yaratilib, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning har tomonlama qo‘llab-quvvatlanayotgani kasb-hunar kolleji bitiruvchilari va xotin-qizlarning bandligini ta’minlashda muhim omil bo‘layotgani ta’kidlandi.

“Mikrokreditbank” aksiyadorlik tijorat banki Surxondaryo viloyati filiali joriy yilning o‘tgan davrida yuzga yaqin tadbirkor ayolning biznes loyihalarini qo‘llab-quvvatlashga 3 milliard 708 million so‘mdan ortiq kredit mablag‘i ajratdi. Natijada 130 dan ortiq xotin-qiz uchun yangi ish o‘rni yaratildi. Kasb-hunar kollejlarining o‘z biznesini boshlayotgan 74 nafar bitiruvchisiga 1 milliard 697 million so‘m imtiyozli kredit ajratilgani yuzga yaqin yoshlar bandligini ta’minlash imkonini berdi.

“Adolat” sotsial-demokratik partiyasining saylovoldi dasturida xotin-qizlarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlashga alohida e’tibor qaratilgan. O‘zbekiston Respublikasining “Ijtimoiy sheriklik to‘g‘risida”gi qonuni bu boradagi ishlar ko‘lamini yanada kengaytirishda muhim omil bo‘layotir.

Seminarlarda kasb-hunar kolleji bitiruvchilarining tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash, jamiyatda xotin-qizlarning mavqeini yuksaltirish va ularni ijtimoiy himoya qilishning muhim jihatlari xususida so‘z yuritildi.

Tadbirlar yakunida eng yaxshi innovatsion loyihalarni taqdim etgan bir guruh tadbirkor ayollar va kasb-hunar kolleji bitiruvchilariga tijorat banklaridan imtiyozli kredit olish huquqini beruvchi sertifikatlar topshirildi.

– Zamonaviy ta’lim muassasasida tikuvchilik-bichuvchilik sirlarini puxta o‘rgandim, – deydi Oltinsoy maishiy xizmat ko‘rsatish kasb-hunar kolleji bitiruvchisi Mahliyo Mengto‘rayeva. – Endi xususiy korxona tashkil etib, mahallamizda tikuvchilik sexi ochmoqchiman. Ana shu maqsadda tayyorlagan biznes loyiham uchun 5 million so‘m miqdorida imtiyozli kredit olish huquqini beruvchi sertifikatga ega bo‘ldim. Biz, yoshlarga yaratib berilayotgan bunday imkoniyatlar uchun Prezidentimizdan minnatdormiz.