FOTOREPORTAJ
Termiz shahridagi Guliston mahallasida yangi “Kasanachilik markazi” ish boshladi.
[gallery-16745]
Viloyat kambag‘allikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasi tomonidan hududda yangi ish o‘rinlari yaratish maqsadida talabgorlarga subsidiyalar ajratilmoqda. Ana shunday imkoniyatlar samarasi ijtimoiy himoyaga muhtoj, mehnatga layoqatli, nogironligi bo‘lgan shaxslarning bandligini ta’minlash maqsadida 40 o‘ringa mo‘ljallangan tikuvchilik, pazandachilik va non pishirish yo‘nalishlarini o‘z ichiga olgan korxona o‘z ishini boshladi. Termiz shahridagi “Termiz stroy tex” MCHJga Termiz shahar kambag‘allikni qisqartirish va bandlik bo‘limi tomonidan ajratilgan 100 million so‘m miqdorida subsidiya mablag‘i hisobidan faoliyati yo‘lga qo‘yilgan mazkur “Kasanachilik markazi”da 28 nafar ijtimoiy himoyaga muhtoj, nogironligi bor fuqaro bandligi ta’minlandi.
Jonibek QO‘ZIMURODOV(surat),O‘zA