Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Ahmed Biyjan Erjlasun: jadid bo‘lmoq dunyoni bilmoq, anglamoq va o‘zini anglatmoqdir
16:30 / 2023-12-12

Toshkentda o‘tkazilgan “Jadidlar: milliy o‘zlik, istiqlol va davlatchilik” mavzusidagi xalqaro ilmiy konferensiyada AQSH, Germaniya, Niderlandiya, Ozarbayjon, Turkiya, Shvetsiya, O‘zbekiston, Qirg‘iziston, Qozog‘iston va Yaponiya singari mamlakatlardan taniqli olimlar qatnashmoqda.

Xalqaro konferensiya ishtirokchisi, turkiyalik olim, professor Ahmed Biyjan Erjlasun bilan suhbatlashdik. 

– Jadidchilikka bag‘ishlangan xalqaro konferensiyaning nufuzi juda yuqori bo‘ldi, – dedi A. Erjlasun. – Prezidentning murojaat yo‘llagani, Prezident yordamchisi anjumanni ochib bergani ishtirokchilarda iliq taassurot qoldirdi. Davlat rahbarining mushtarak tariximizning yorqin sahifalarini tashkil etadigan ma’rifatparvar ajdodlarimizning ibratli faoliyatini, ularning o‘z qimmati va ahamiyatini hamon yo‘qotmasdan kelayotgan boy merosini hamkor davlatlar hamda xalqaro tashkilotlar vakillari, taniqli xorijiy olimlar bilan birgalikda teran tadqiq va targ‘ib etish ustuvor vazifa ekaniga e’tibor qaratgani e’tiborga molik. 

Jadidlar yangi hayot uchun, istiqlol uchun kurashgan. Ularning intiluvchanligi, fidoyiligi shundaki, o‘z maqsadlari yo‘lida makon, masofaga qaramay olg‘a intilgan. Masalan, Munavvar qori Istanbulga borib Ismoil Gaspirali bilan, Qrimga borib Usmon Xo‘ja o‘g‘li bilan uchrashgan. 

Bundan yuz yillar oldin samolyot, poyezd yoki boshqa transport harakatlari hali yaxshi yo‘lga qo‘yilmagan qiyin vaziyatda dunyo kezib, ilm izlash, maslakdoshlar bilan fikrlashish oson kechmagani kunday ravshan. Shuning uchun jadid bo‘lmoq dunyoni bilmoq, anglamoq va o‘zini anglatmoqdir, degisi keladi kishining. 
Turkiyada Ibrohim Yorqin degan jadid yashaganini aytib o‘tishim kerak. Asli o‘zbekistonlik bo‘lgan bu kishi Munavvar qoridan saboq olgan. Turkiyaga 1925 yilda borib, o‘sha yerda tahsil olgan, ziroat professori bo‘lgan. 1960-70 yillarda jadidchilik harakati haqida kitoblar yozgan. Uning asarlari orqali biz o‘zbek jadidlarini ko‘proq tanidik. Turkiyada boshqa o‘zbek jadid olimlari ham bor. Ulardan biri Cho‘lpon haqida dissertatsiya himoya qilgan va ilmiy ishini kitob holida nashrdan chiqargan. 

Norgul Abduraimova, Davron Ernazarov (rasm), O‘zA