English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Ahmadaliyev yurtimizga qaytmoqda, Gʻiyosov esa muxlislarini master-klassga chorlaydi
17:16 / 2019-09-15

Soʻnggi vaqtlarda mamlakatimiz charm qoʻlqop ustalari nafaqat havaskorlar oʻrtasida, balki professional boksda ham munosib odimlashmoqda.


Soʻnggi vaqtlarda mamlakatimiz charm qoʻlqop ustalari nafaqat havaskorlar oʻrtasida, balki professional boksda ham munosib odimlashmoqda.

Ayni paytga kelib bir nechta bokschimiz oʻz vazn toifalarida chempionlik kamariga daʼvogarlik qilishayotgani esa har bir yurtdoshimizni quvontiradi. Mahoratli bokschimiz Murodjon Ahmadaliyev AQSH vaqti bilan 13-sentyabr, bizning vaqtimiz bilan 14-sentyabr kuni Nyu-Yorkda oʻzining profi boksdagi yettinchi jangini oʻtkazgan va yettinchi gʻalabasini tantana qilgandi. U kolumbiyalik tajribali bokschi Vilner Sotoni 10 raundlik jangning 4-raundida texnik nokautga uchratdi.

Ertaga Ahmadaliyev Oʻzbekistonga qaytib keladi. Isteʼdodli sportchimizni kutib olish istagida boʻlgan muxlislarni soat 10:20da Toshkent xalqaro aeroportiga taklif etib qolamiz.

Yana bir mohir bokschimiz, havaskorlar oʻrtasida Rio olimpiadasining kumush medali sovrindori, jahon chempioni Shahram Gʻiyosov esa barcha muxlislarini 18-sentyabr kuni soat 19:00da poytaxtimizdagi “Universal” sport majmuasiga chorlamoqda. Bu yerda boks ixlosmandlari Gʻiyosov ishtirokidagi master-klassdan zavq oladi hamda sportchining oʻzi bilan savol-javob tarzida muloqotga kirishadi. Bunday ajoyib imkoniyatni qoʻldan boy bermang.