Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Ahmad Shahid: Hamkorligimiz yangi bosqichda davom etadi
21:34 / 2017-10-12

BMT Inson huquqlari bo‘yicha kengashining din va e’tiqod erkinligi masalasi bo‘yicha maxsus ma’ruzachisi boshchiligidagi delegatsiyasi joriy yil 2-12-oktabr kunlari mamlakatimizda bo‘ldi.

BMT Inson huquqlari bo‘yicha kengashining din va e’tiqod erkinligi masalasi bo‘yicha maxsus ma’ruzachisi boshchiligidagi delegatsiyasi joriy yil 2-12-oktabr kunlari mamlakatimizda bo‘ldi. Delegatsiya rahbari Ahmad Shahid tashrif yakunlari bo‘yicha O‘zA muxbiriga quyidagilarni so‘zlab berdi:

– Avvalo, samimiy qabul uchun Prezident Shavkat Mirziyoyevga chuqur minnatdorlik bildiraman. O‘zbekiston Prezidenti bilan mamlakatda turli millat va elat vakillari, turli dinga e’tiqod qiluvchilar huquq va erkinliklarini yanada mustahkamlash, ularning qonuniy manfaatlarini ta’minlash kabi ko‘plab masalalarni muhokama qildik.

Biz O‘zbekistonning turli hududlarida bo‘ldik, vazirlik va idoralar, davlat va jamoat tashkilotlari vakillari, oddiy odamlar bilan suhbatlashdik. Yurtingizda hukm surayotgan tinchlik va barqarorlik, millatlararo va diniy bag‘rikenglikning naqadar mustahkam ekanligiga guvoh bo‘ldik.

Shuni mamnuniyat bilan ta’kidlashim kerakki, O‘zbekistonda bu yo‘nalishda katta yutuqlarga erishilgan. Islom ilmi va ma’rifatiga beqiyos hissa qo‘shgan buyuk allomalar qadamjolari obod etilib, aholi va mehmonlar mazkur muqaddas maskanlarni emin-erkin ziyorat qilmoqda.

O‘zbekistonda millatlararo va dinlararo totuvlikni ta’minlash bo‘yicha noyob tizim yaratilgan. 130 dan ortiq millat va elat, 16 diniy konfessiya vakillari tinch-totuv yashamoqda. O‘zbekistonda inson huquqlari, fuqarolarning din va e’tiqod erkinligi qonunchilik asosida kafolatlangan.

Ushbu tashrifimiz natijalari O‘zbekiston va BMT o‘rtasidagi hamkorlik munosabatlarini yuksak bosqichga ko‘tarishga, yangi imkoniyatlar va yo‘nalishlar ochishga xizmat qilishiga ishonamiz.