Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Ahillik mahallasi yoshlari xursand
10:38 / 2024-09-25

Yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish maqsadida Sirdaryo tumanining Ahillik mahallasida zamonaviy universal sport maydonchasi qurilib, foydalanishga topshirildi.

Sport maydonchaning ochilish marosimida tuman sport bo‘limi, "Nuroniy" jamg‘armasi tuman bo‘limi mutasaddilari, mahalla faollari va sportchilar qatnashib, bu sport maydonchasi, nasib bo‘lsa, ushbu mahalla yoshlari orasidan ham chempionlar chiqishiga xizmat qilishini aytishdi.

Shundan so‘ng, mahalla yoshlaridan tashkil topgan jamoalar o‘rtasida mini futbol bo‘yicha o‘rtoqlik uchrashuvi o‘tkazildi. 

G‘ulom Primov, O‘zA muxbiri