Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Ahillik, birdamlik va ezgu niyat bilan
19:33 / 2025-08-22

FOTOREPORTAJ

Farg‘ona viloyatida umumxalq xayriya hashari “mahalla yettiligi” tomonidan “ko‘chabay” usulida o‘tkazilmoqda. 

Ikki kun davomida viloyatdagi 1 015 ta mahalla, 1 450 ta aholi punkti, 3 756 ta ko‘p qavatli turar joy, 3 200 ta hovli, 1 575 ta guzar, 62 ta xiyobon, yuzlab ziyoratgohlar, qabriston va ko‘chalar hamda 2 083 ta bolalar va sport maydonchalari tartibga keltiriladi. Bundan tashqari ijtimoiy himoyaga muhtoj 1 271 ta oila, 633 nafar boquvchisiz qolgan keksa va nogironligi bo‘lgan fuqarolar holidan xabar olish maqsad qilingan. Hashar kunlari mingdan oshiq fuqarolarning uy-joyi ham ta’mirlab beriladi.

Uyushqoqlik bilan o‘tkazilayotgan hashar Mahalla uyushmasining viloyat boshqarmasi shtabi tomonidan muvofiqlashtirib borilmoqda. Mahallalarda obodonlashtirish va xayriya ishlarida kattayu kichik birdek faollik ko‘rsatayotgani azaliy qadriyatlarimizning bardavomligidan dalolat. 

[gallery-24923]

Muqimjon QODIROV (surat), O‘zA