Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Ahilligimiz ifodasi
15:21 / 2021-08-21

Vatanimiz mustaqilligining 30 yilligini munosib kutib olish uchun tayyorgarlik ko‘rish maqsadida O‘zbekiston davlat san’at muzeyi xodimlari ham umumxalq obodonlashtirish xayriya hasharida faol ishtirok etdi.

       Hashar  muzey va uning filiali binosida o‘tkazilib,  hovli va bog‘lar obodonlashtirildi. Atrofdagi daraxtlar shoxlari tartibga keltirildi. Tozalash va yon-atrofni saranjom holatga keltirish mobaynida to‘plangan chiqindilar maxsus belgilangan joylarga olib chiqib ketildi.  

    Ushbu umumxalq hashari ko‘tarinki ruh va katta ishtiyoq bilan amalga oshirilmoqda. Hasharni samarali tashkillashtirishda O‘zbekiton davlat san’at muzeyining xodimlari  munosib hissa qo‘shdi.  

     Shuningdek, umumxalq xayriya obodonlashtirish hasharida Madaniy meros ob’ektining barcha hududiy filiallari xodimlari ham faol ishtirok etdi. Qadimiy obidalar,  muqaddas maskanlarning chor-atrofi xodimlar tomonidan chinnidek tozalandi. Turfa gul ko‘chalari o‘tqazildi. Xiyobonlar, maysazorlar hademay yetib keladigan  kuzdan darak beruvchi ilk xazon barglaridan  tozalandi. Hashar milliy birdamligimiz, ahilligimiz, hamjihatligimizning yana bir yorqin va amaliy ifodasiga aylandi.  

   N.Usmonova,  

   O‘zA