Prezident tashrifidan so‘ng...
Prezident Shavkat Mirziyoyev o‘tgan yilning dekabr oyida Jizzax viloyatiga tashrifi doirasida Sharof Rashidov tumanidagi “Agromarkaz“ qishloq xo‘jaligi korxonalari majmuasifaoliyati bilan ham tanishgan edi.
Yurtimizda qishloq xo‘jaligini rivojlantirishga qaratilayotgan e’tibor tufayli sohada imkoniyatlar kengayib, hosildorlikni oshirishda muhim ahamiyat kasb etmoqda. Jarayonlarga hamohang tarzda Hukumat topshirig‘i bilan joylarda agromarkazlar tashkil qilinib, tizimda servis xizmatlari ko‘rsatish yo‘lga qo‘yilyapti.
Jizzax viloyatining Sharof Rashidov tumanida ham ana shunday markaz faoliyat boshladi. Markazda o‘simliklarni himoya qilish laboratoriyasi, veterinariya dorixonasi, agronom maslahati, urug‘ va ko‘chatlar yetkazib berish, aholi xonadonlariga issiqxonalar qurish, agromarket do‘koni, mini texnikalar sotish va ularning xizmatini tavsiya etish kabi yo‘nalishlar mavjud. Bu yerda qishloq xo‘jaligi bo‘yicha barcha xizmatlar “yagona darcha“ tamoyili asosida yo‘lga qo‘yilgan.
Davlatimiz rahbari 2025 yil 2 dekabr kuni mazkur “Agromarkaz” faoliyatini ko‘zdan kechirib, tashkil etilgan xizmatlarning agrar sohadagi ahamiyati nechog‘lik yuqori ekaniga e’tibor qaratdi.
– Bir gektar joyni qamragan markazning birinchi qavatida o‘simliklar himoya vositalari savdo do‘koni, veterinariya dorixonasi, urug‘ do‘koni, agromarket, mobil brigada xonalari va 8 ta boshqa xizmat xonalari joylashgan, dedi – Jizzax viloyati “Agroxizmatlar markazi” direktori o‘rinbosari Shahzod MUSULMONOV. – Ikkinchi qavatda o‘simliklarni himoya qilish laboratoriyasi mavjud. Shuningdek, tuproq va suv tahlili xonasi, entomologiya va fitopatologiya xonalari tashkil etilgan. Markaz hududida Qishloq xo‘jaligi boshqarmasi, Agrosanoatni rivojlantirish agentligi viloyat bo‘limi, Agroinspeksiya, Urug‘chilik markazi, Qorako‘lchilik uyushmasi hamda qishloq xo‘jaligida xizmat ko‘rsatuvchi tashkilotlar joylashgan. Shuningdek, Agromarkazning 25 ming gektar hududida biolaboratoriya tashkil etilgan.
Videosi quyida:
<iframe width="560" height="315" src="https://www.youtube.com/embed/5GkwwT3Wxgk?si=RNzg-7AwDa9j-Kwk" title="YouTube video player" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>Abdulaziz RUSTAMOV,
O‘zA