Spanish
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Agroklasterda ikki ming kishi ishli bo‘ladi
16:27 / 2023-08-07

Mamlakatimizda keyingi yillarda bog‘dorchilikni rivojlantirish, sohaga xorijiy investorlarni jalb etish, ilg‘or texnologiyalarni joriy etish, eksport salohiyatini oshirish, shu orqali aholi bandligini ta’minlash, sohadagi mavjud imkoniyatlardan to‘laqonli foydalanish masalalariga alohida e’tibor qaratilmoqda. Bu borada yangi-yangi loyihalar amalga oshirilmoqda.

Xususan, viloyat hokimi Shuhratbek Abdurahmonovning avvalgi yilda Birlashgan Arab Amirliklariga safari davomida imzolangan kelishuvlarga asosan arabistonlik tadbirkorlar bilan hamkorlikda Paxtaobod tumanida yirik agroklaster tashkil etilmoqda.  

Umumiy qiymati 30 million AQSH dollariga teng mazkur loyiha doirasida tumandagi "Madaniyat" va "Guliston" massivlarida 470 gektar maydonda intensiv va zamonaviy bog‘lar barpo etilmoqda. Agrosanoat klasteri tarkibida mahsulotni saqlash, qayta ishlash, qadoqlash liniyalari ishga tushiriladi. Umuman, agroklaster to‘la quvvat bilan ish boshlagach 2 mingta doimiy ish o‘rni, shuningdek, yuzlab kishilarni mavsumiy ishlarga jalb etish imkoni yaratiladi.  

Hozirga qadar agroklasterga Italiya va Ispaniya davlatlaridan gilos, “golubika” ko‘chatlarining serhosil va eksportbop navlari olib kelib ekildi. Yangi barpo etilayotgan intensiv bog‘lar to‘la tomchilatib sug‘orish texnologiyasi asosida sug‘oriladi. Buning uchun yirik membranali suv rezervuari qurildi. Bundan tashqari, mahsulotlarni saqlash, qayta ishlash va qadoqlashga mo‘ljallangan maxsus binolar, zarur infratuzilmalar qurilishi  boshlab yuborilgan.  

[gallery-13042]

Andijon viloyati hokimi Shuhratbek Abdurahmonov mazkur agrosanoat klasterida bo‘lib, loyiha doirasida olib borilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishdi, xorijlik tadbirkorlar bilan suhbatlashdi. Belgilangan ishlarni samarali tashkil etish yuzasidan taklif va tavsiyalar berdi.  

F. UBAYDULLAEV,

Z. UMRZOQOV (surat), O‘zA