Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
“Agroinspeksiya” Samarqandda 15 kunda 264 ta qoidabuzarlik qayd etdi
11:05 / 2021-07-24

Vazirlar Mahkamasi huzuridagi agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasi Samarqand viloyati boshqarmasi va tumanlar bo‘limlari tomonidan sohada qonunchilik ijrosini ta’minlash yuzasidan monitoring-tahlil tadbirlari o‘tkazib boriladi.

Boshqarma axborot xizmatining ma’lum qilishicha, joriy yil iyul oyining 15 kuni davomida o‘tkazilgan 649 nazorat tadbirlari davomida 264 ta qonunbuzilish holatlari aniqlangan. Jumladan, Ishtixon tumanida 54  ta, Urgutda 47 ta, Narpayda 23 ta, Pastdarg‘om tumanida 17 ta qonunbuzarlik qayd etilgan.

Mazkur holatlari yuzasidan 176 ta ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilib, 400 ta ogohlantirish, 79 holat bo‘yicha yozma ko‘rsatma,  9 holat yuzasidan taqdimnoma kiritildi.

Taqdimnomalarga ko‘ra, 2 nafar fuqaroga nisbatan  intizomiy jazo chorasi belgilandi. 161 holatda inspeksiya organlari vakolati doirasida ma’muriy ishlar bo‘yicha qarorlar qabul qilingan bo‘lsa, 15 ta qonunbuzilishi yuzasidan to‘plangan hujjatlar, qonuniy qaror qabul qilish uchun huquqni muhofaza qiluvchi organlarga, 15 holatda sudlarga yuborildi.  

Aniqlangan qonunbuzarlik holatlarining asosiy qismi belgilangan agrotexnik tadbirlarni o‘z vaqtida bajarmaslik, yerdan va suv resurslaridan maqsadsiz foydalanish bilan bog‘liq bo‘lgan.

G‘.HASANOV, O‘zA