Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
“Agrodiler” kompaniyasi Buxoroda temir mahsulotlari ishlab chiqaradi
11:18 / 2026-01-14

Buxoro viloyati hokimi Botir Zaripov Rossiyaning “Agrodiler” kompaniyasi bosh direktori Yusef Buxminov boshchiligidagi ishbilarmonlar delegatsiyasini qabul qildi.

Kompaniya “Buxoro sanoatni rivojlantirish kompleksi” maxsus sanoat parkida Rossiyada ishlab chiqarilayotgan yuqori sifatli temir mahsulotlarini qayta ishlash va ishlab chiqarishni mahalliylashtirish loyihasini amalga oshirishga kirishgan. Loyihaga ko‘ra, kompaniya dastlabki bosqichda 50 million AQSH dollari miqdorida investitsiya jalb qilib, yiliga 40 ming tonna quyma temir va 15 ming tonna temir mahsulotlari ishlab chiqaradi hamda yuzdan ziyod ish o‘rinlari yaratadi.

Uchrashuvda loyihani amalga oshirish mexanizmlari muhokama qilindi. Viloyat hokimi tomonidan mehmonlarning hamkorlik bo‘yicha takliflari ma’qullandi va ishlab chiqarish jarayonlarini tezroq amaliyotga tatbiq etish lozimligini ta’kidladi. 

Zarif Komilov, O‘zA muxbiri.