French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Agrobiznesni rivojlantirish loyihasi sohada yangi ish o‘rinlari yaratishga ko‘maklashadi
14:28 / 2022-07-13

Ipakchilik va jun sanoatini rivojlantirish qo‘mitasida “Yaylov xo‘jaligini rivojlantirish” uyushmasi va USAID tashkiloti vakili bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Ma’lumki, USAIDning Agrobiznesni rivojlantirish loyihasi maqsadli qishloq xo‘jaligi tovarlari uchun qo‘shimcha qiymat yaratishning yangi texnologiyalari va butun qiymat zanjiri bo‘ylab yangi boshqaruv usullarini joriy etish orqali 2020-2025 yillarda O‘zbekiston qishloq xo‘jaligida xususiy sektor ulushining oshishini qo‘llab-quvvatlashga yo‘naltirilgan. 

Muloqotda USAIDning Agrobiznesni rivojlantirish loyihasi bilan tanishildi. Xususan, loyiha doirasida amalga oshirilishi belgilangan ishlar, kutilayotgan samara va natijalar muhokama etildi. O‘zbekistonda xususiy tadbirkorlik sub’ektlari tomonidan ishlab chiqarilgan qishloq xo‘jaligi tovarlari va xizmatlarining miqdori, sifati va xilma-xilligini oshirish borasida so‘z yuritildi. 

Qayd etilganidek, loyiha doirasida USAID O‘zbekistonning xususiy sektorini qo‘llab-quvvatlaydi hamda rasmiy iqtisodiyotda ish o‘rinlarini yaratishga imkon beradi.  

Ushbu sa’y-harakatlar O‘zbekistonda qo‘shimcha qiymatga ega bo‘lgan tovarlar ishlab-ichqarishni ko‘paytirish, yoshlar va ayollarni jalb qilish, ta’lim muassasalarini xususiy sektor talabi bilan bog‘lash hamda qishloq xo‘jaligi uchun qulay muhitni yaratishga qaratiladi. 

Gulnoza Boboyeva, O‘zA