Agrobankning yangi Bank xizmatlari markazi foydalanishga topshirildi
"Agrobank" ATB mijozlarga ko‘rsatiladigan xizmatlar sifatini oshirish, ularga yanada qulay sharoitlar yaratish va xizmat ko‘lami kengaytirish maqsadida respublika bo‘ylab yangi bank xizmatlari markazlarini jadal tashkil etib bormoqda.



Shu maqsadda, Toshkent shahar filialiga qarashli yana bir zamonaviy bank xizmatlari markazi o‘z faoliyatini boshladi.
Ochilish tadbirida so‘zga chiqqanlar mazkur markaz mijozlar uchun keng imkoniyatlar yaratishi, xizmatlarni tezkor va qulay tarzda taqdim etishi, eng muhimi — Agrobankni aholiga yanada yaqinlashtirishga xizmat qilishini ta’kidladilar.
Shuningdek, Toshkent shahrida "Agrobank mobil ofisi" xizmati ham tashkil etilgan bo‘lib, buning yordamida byudjet tashkilotlarida ishlaydigan mijozlar uchun o‘zlariga qulay vaqt va joyda bank xizmatlaridan foydalanish imkoniyati taqdim etiladi.

Bir so‘z bilan aytgan, mazkur markazda mijozlarga barcha turdagi bank xizmatlari yuqori qulayliklar bilan ko‘rsatiladi.