Agrobankda korrupsiya oyligi doirasida tadbir bo‘lib o‘tdi
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bank va “Agrobank” ATB hamkorligida korrupsiyaga qarshi kurashish oyligi doirasida “Ochiq eshiklar kuni” tadbiri o‘tkazildi.


Tadbirda soha mas’ullari, bank rahbariyati va OAV xodimlari ishtirok etdi. Unda bank-moliya tizimida korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar bo‘yicha to‘xtalib o‘tildi.
Ma’ruzachilar moliya sektorida ochiqlik va shaffoflikni ta’minlash, korrupsiyaning oldini olish, ichki nazorat tizimlarini kuchaytirish hamda xodimlar mas’uliyatini oshirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan kompleks chora-tadbirlar haqida batafsil ma’lumot berildi.


Tadbir ochiq muloqot shaklida o‘tkazilib, ishtirokchilarni qiziqtirgan savollarga soha mas’ullaridan javob oldi.