Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
«Agrobank» yoshlarga ko‘makchi va madadkor
15:00 / 2021-05-26

Hayot shiddat bilan o‘zgarayotgan hamda raqobat kuchaygan bugungi kunda «Agrobank» ATB o‘sib-unib kelayotgan yosh avlodni bankning umidi va kelajagi, deb qaraydi.

Shu ma’noda «Agrobank» tizimiga iqtidorli yoshlarni jalb qilishni eng ustuvor vazifalardan biri sifatida biladi. Bank xodimlari tomonidan nomzodlarni tanlashda oliy o‘quv yurtlarini bitirayotgan talabalar bilan yakka tartibda suhbatlar o‘tkazilib, ularning sohaga oid bilimi o‘rganilmoqda.

Ana shu o‘rganishlar natijasiga ko‘ra, tanlab olingan yosh nomzodlar uchun tasdiqlangan rejaga asosan “Welcome training” dasturi bo‘yicha o‘quv-treninglari o‘tkazilmoqda.

Mazkur dasturga asosan 400 nafardan ko‘proq yoshlar uchun treninglar o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

Bunda asosiy e’tibor yoshlarda bankda ishlash ko‘nikmasini hosil qilib, sohaga oid qonunchilikdan xabardor qilish, mijozlarga xizmat ko‘rsatish malakasini shakllantirishga qaratilmoqda.

«Agrobank» yosh kadrlarni tanlab va saralab olishda bosh mezon sifatida ularning kasbiy bilimi, iqtidori va zamonaviy fikrlashi, uni amaliyotga tatbiq etishga bo‘lgan intilishiga asosiy e’tibor qaratyapti.

O‘quv dasturlari ham shunga mos tarzda tuzilgan bo‘lib, bankning biznes-trenerlar guruhi tomonidan o‘quv-trening mashg‘ulotlari olib borilmoqda.

Ishga taklif etilayotgan nomzodlarga bank to‘g‘risida umumiy ma’lumot berilib, bank qonunchiligi, bank korporativ madaniyati, kredit siyosati, xizmat ko‘rsatish standartlari, bank mahsulotlari va boshqa mavzular bo‘yicha tegishli ko‘nikma hosil qilishga katta e’tibor berilmoqda.

Tanlov natijalariga ko‘ra, munosib nomzodlar ishga qabul qilinmoqda hamda kadrlar zaxirasi shakllantirilmoqda.

Har qanday tizim yoki sohaning qanday rivojlanishi va taraqqiy etishi bilimli va salohiyatli kadrlarga bog‘liq. «Agrobank» ana shu yo‘ldan sobit borib, yoshlarga tayanadi.

Reklama huquqi asosida