Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh assambleyasining 2003 yil 21 noyabrdagi rezolyutsiyasiga muvofiq, 2004 yildan boshlab 9 dekabr – Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurashish kuni sifatida belgilangan.
Ushbu sana munosabati bilan ommaviy axborot vositalari vakillari uchun Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida “Agrobank” ATB tomonidan matbuot anjumani o‘tkazildi.
Jamiyatda korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni qaror toptirish o‘ta dolzarb masala bo‘lib, garchi uni bajarish doirasida mas’ul idoralar belgilangan bo‘lsada, uning to‘laqonli ro‘yobga chiqishi uchun har bir inson o‘zida mas’uliyatni his etishi zarur.
Anjumanda korrupsiyaga oid huquqbuzarliklarga chek qo‘yish, korrupsiyaga imkon beruvchi sabablar va shart-sharoitlarni bartaraf etish har bir xodimdan mas’uliyat talab qilishi qayd etildi. Zero, sodir etilgan jinoyatlarga, albatta, javobgarlik muqarrar. Bu borada “Agrobank” ATB tizimida korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha tasdiqlangan reja asosida bir qator ishlar amalga oshirilmoqda. Xususan, bank tizimidagi korrupsiyaviy xavf-xatarlarni aniqlash va ularni bartaraf etish bo‘yicha korrupsiyaviy xavf-xatarlar xaritasi ishlab chiqildi. Unga ko‘ra, har bir bank bo‘linmasining ish faoliyati hamda funksiyasidan kelib chiqib, ularning korrupsiyaviy xatar darajalari aniqlandi.
[gallery-14942]
Tadbirda qayd etilganidek, korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirish maqsadida “Agrobank” ATB xodimlari o‘rtasida qonun buzilishiga yo‘l qo‘ymaslik, fuqarolarni sarson qilishga chek qo‘yish va ulardan qabul qilinayotgan hujjatlar yuzasidan tamagirlikka yo‘l qo‘ymaslik lozimligi yetkazilmoqda.
Bank xodimlari va mijozlarning huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yuksaltirish, jamiyatda korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirish yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar to‘g‘risida ma’lumot berildi.
Bank rahbariyati tomonidan korrupsiyaviy holatlarning har qanday ko‘rinishlariga nisbatan murosasiz munosabatda bo‘lish va unga qarshi kurashish eng ustuvor vazifa etib belgilangani, bank tizimida komplayens nazorat sohasining huquqiy bazasi yaratilgani hamda ichki me’yoriy hujjatlarga qo‘yilgan talablar takomillashtirilgani ta’kidlandi.
Fuqarolar va mijozlar tomonidan korrupsion holatlar yuzasidan tezkor xabar berish maqsadida, 24/7 rejimida faoliyat yurituvchi rasmiy Telegram bot (@agrobankcompliancebot), facebook, instagram ijtimoiy tarmoqlarining sahifasida, tezkor ishonch telefoni (+998712028008 yoki 1216), compliance@agrobank.uz alohida elektron pochtasi, agrobank.uz saytida korrupsiya holatlariga oid alohida sahifa yurituvi joriy etilgan.
Bugungi kunda bankka oid bo‘lgan 115 ta ichki me’yoriy hujjatlar ushbu yo‘nalishda ekspertizadan o‘tkazilib, tegishli tartibda o‘zgartirishlar kiritilgan.
Shuningdek, dasturga asosan 2022-2023 yillarda jami 3049 ta, shundan 1700 nafar xodimlar 2023 yilning o‘tgan davrida umumiy tartibda o‘qitilgan bo‘lsa, 171 nafar xodimlar maxsus o‘qitishdan o‘tkazildi va sertifikatlar taqdim etilgan.
Matbuot anjumanida jurnalistlar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga soha mutaxassislaridan javob oldi.
<iframe width="560" height="315" src="https://www.youtube.com/embed/ADbq7gn5Q0Y?si=rbfVd_EDVR1PWTfq" title="YouTube video player" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" allowfullscreen></iframe>
Shahnoza Mamaturopova,
Nosir Haydarov (surat),
Yoqub Meliboyev (video),
O‘zA