Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
«Agrobank» tomonidan 2016-yilda 24 mingdan ziyod yangi ish o‘rni yaratildi
19:41 / 2017-01-18

Milliy matbuot markazida "Agrobank" aksiyadorlik tijorat banki tomonidan 2016-yilda amalga oshirilgan ishlar va 2017-yilgi ustuvor vazifalarga bag‘ishlangan matbuot anjumani o‘tkazildi.

Milliy matbuot markazida "Agrobank" aksiyadorlik tijorat banki tomonidan 2016-yilda amalga oshirilgan ishlar va 2017-yilgi ustuvor vazifalarga bag‘ishlangan matbuot anjumani o‘tkazildi.

Unda 2016-yilda bank aholi va turli xo‘jalik subyektlariga zamonaviy, tezkor va salmoqli xizmatlar ko‘rsatgani qayd etildi. Servis va xizmat ko‘rsatuvchi korxonalar, tadbirkorlik faoliyatini yuritayotgan yosh oilalar, kasb-hunar kollejlari bitiruvchilari hamda fermerlarni moliyaviy rag‘batlantirish maqsadida keng ko‘lamli ishlar amalga oshirildi. Kichik biznes subyektlarini qo‘llab-quvvatlashga barcha moliyalash manbalari hisobidan 1 trillion 209 milliard so‘m kreditlar ajratildi. Hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturlariga oid 4 mingdan ziyod loyihani amalga oshirish uchun 545 milliard so‘m yo‘naltirildi. Natijada 24 mingdan ziyod yangi ish o‘rni yaratildi.

"Agrobank" fermer xo‘jaliklariga sifatli bank xizmatlari ko‘rsatish, xo‘jaliklarda qo‘shimcha tarmoqlarni rivojlantirish va istiqbolli loyihalarini qo‘llab-quvvatlashga e’tibor qaratmoqda. Jumladan, fermer xo‘jaliklarini qishloq xo‘jalik texnikalari, agregatlar va ehtiyot qismlar bilan ta’minlashga 109,9 milliard so‘m kredit berildi. Mazkur mablag‘lar hisobiga 686 haydov va chopiq traktori, 305 kombayn, 70 paxta terish mashinasi hamda mingdan ortiq turli qishloq xo‘jaligi texnika va agregatlari xarid qilindi.

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev 2016-yil 14-dekabrda Oliy Majlis palatalarining qo‘shma majlisida banklar bundan keyin o‘z ish uslublarini tubdan o‘zgartirishi shartligini ta’kidlab, bu borada aniq vazifalar qo‘ydi: "Ular har bir oila bilan muloqot tashkil qilish orqali fuqarolarning tadbirkorlik bilan shug‘ullanishi uchun qulay imkoniyatlar yaratishi kerak".
"Agrobank" ham o‘z dasturi asosida aholi xonadonlarida o‘tkazilayotgan muloqotlarda tadbirkorlik faoliyatini boshlash imkoniyatlari to‘g‘risida batafsil tushuntirishlar berib, qisqa muddatda kredit mablag‘lari ajratish choralarini ko‘rmoqda. Hozir bankda maxsus boshqarma tashkil etildi. Qoraqalpog‘iston Respublikasi va barcha viloyat boshqarmalari hamda mavjud 176 filialda aholini tadbirkorlikka keng jalb qilish uchun alohida bo‘limlar faoliyati yo‘lga qo‘yildi.

Qishloq hamda mahalla fuqarolar yig‘inlari bilan hamkorlikda joylarda aholi bilan uchrashuvlar tashkil etilmoqda. Har bir xonadonga bank tomonidan maktublar yo‘llanmoqda. Aholining tadbirkorlikka bo‘lgan qiziqishlarini aniqlashga qaratilgan maxsus so‘rovnomalar yuborilmoqda. Har bir xonadonga kirib, ularning tadbirkorlik bilan shug‘ullanish bo‘yicha imkoniyat va sharoitlari o‘rganilmoqda. Ularning qiziqishini orttirish hamda jarayonlardan xabardorligini yanada oshirish maqsadida maxsus buklet shaklidagi namunaviy biznes loyihalar tarqatilmoqda.

Bunday sa’y-harakatlar natijasida qisqa vaqt mobaynida 813 aholi punkti va mavzelardagi 361 mingdan ziyod xonadonda so‘rovlar o‘tkazildi. Ulardan 26 mingdan ziyod xonadon egalari bog‘dorchilik, chorvachilik, issiqxona barpo etish, hunarmandlik, kasanachilik, servis va boshqa sohalar bilan shug‘ullanish istagini bildirgani bois 8 milliard so‘mdan ortiq sarmoya berildi.

"Agrobank" vakillari jurnalistlarni qiziqtirgan savollarga javob berdi.