French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
“Agrobank”ning hamkor korxonalariga press-tur oʻtkazildi
16:12 / 2019-05-29

“Agrobank” aksiyadorlik tijorat banki “Hududlarda “Agrobank”ning moliyaviy koʻmagida faoliyatini boshlagan tadbirkorlik subyektlarini rivojlantirish borasida olib borilayotgan ishlar” mavzusida press-tur oʻtkazdi.


“Agrobank” aksiyadorlik tijorat banki “Hududlarda “Agrobank”ning moliyaviy koʻmagida faoliyatini boshlagan tadbirkorlik subyektlarini rivojlantirish borasida olib borilayotgan ishlar” mavzusida press-tur oʻtkazdi.

Unda bank nafaqat aholi va mijozlarga tezkor, ishonchli, zamonaviy bank xizmatlari koʻrsatilmoqda, balki yirik tadbirkorlik subyektlarining istiqbolli, investitsion va eksportbop mahsulotlar tayyorlashga yoʻnaltirilgan loyihalarini moliyalashtirishga ham alohida eʼtibor qaratayotgani qayd etildi. Xususan, joriy yilning 1- aprel holatiga ajratilgan investitsion kreditlar qoldigʻi 4 trillion 974 milliard soʻmni tashkil etdi. Mazkur kreditlarning sohalarda taqsimlanishini kuzatadigan boʻlsak, asosiy eʼtibor sanoat, qishloq xoʻjaligi, qurilish kabi sohalarga qaratilganini kuzatish mumkin.

“Agrobank" 2018 yilda Xalqaro moliya institutlaridan 30 million dollar miqdorida kredit liniyasini jalb qilgan boʻlsa, joriy yilning1-choragida bu koʻrsatkich 191 million dollarni tashkil etmoqda. Jumladan, 2019 yilning yanvar oyida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Germaniyaga tashrifi doirasida oʻtkazilgan biznes-forumda “Landesbank Baden-Wurttemberg” hamda “Commerz Bank AG” banklari bilan 171 million dollar miqdoridagi kredit liniya mablagʻlarini jalb qilish boʻyicha shartnomalar imzolandi. Bundan tashqari, Xitoy Eksimbankining 20 million dollar miqdorida kredit liniya mablagʻlari jalb qilindi. Uning hisobidan birinchi chorakda 20 ta loyihaga 41,7 million dollar kredit ajratildi.

Ayni vaqtda “Agrobank” Xususiy sektorni rivojlantirish boʻyicha Islom korporatsiyasi, Shveysariyaning Kredit Suis banki, Xitoy davlat rivojlantirish banki, Avstriyaning “Raiffeisen Bank”va boshqa nufuzli banklar bilan kredit liniyasini jalb qilish boʻyicha qator kelishuvlarga erishmoqda.

Press-tur davomida OAV xodimlari bankning moliyaviy koʻmagida faoliyatini boshlagan tadbirkorlik subyektlarining korxonasida boʻlishdi. Toshkent viloyatining Oqqoʻrgʻon tumanidagi “Maxim gold tex” aksiyadorlik jamiyati shular sirasidandir.

– Faoliyatimizni 2012 yilda Agrobankdan olingan 132,7 milliard soʻm miqdoridagi kredit evaziga boshlagan edik, –deydi korxona rahbari Hasan Abdullayev.– Ayni vaqtda paxta tolasidan kalava ip ishlab chiqarishga ixtisoslashganimiz bois, oʻtgan yili 51 milliard soʻmlik kalava ip tayyorladik. Mahsulotning asosiy qismi eksportga chiqarilmoqda. Mahsulot sifatini yanada oshirish maqsadida 2014 yilda bankdan yana olti million dollar kredit oldik. Buning evaziga Turkiya va Yevropadan eng zamonaviy uskuna va jihozlarni xarid qildik. Natijada yiliga 7 ming 500 tonna paxta tolasini qayta ishlash quvvatiga ega boʻldik. Ishchilar soni 250 taga yetdi.

Press-tur ishtirokchilari Parkent tumanidagi “Sof gigienik” masʼuliyati cheklangan jamiyatining ishlab chiqarish jarayoni bilan ham yaqindan tanishdi. 2009-2010 yillarda faoliyatini boshlagan korxona "Agrobank”dan 395 ming dollar miqdorida kredit olgan. Keyinchalik biznesni kengaytirish uchun 970 ming dollar, 2017 yilda esa 2,5 milliard dollar miqdorida kredit sohibi boʻldi.

Ayni vaqtda korxonada “Lalaku”dan tashqari “Soft Prima”, “Safara” va “Johny baby” nomli brendlar asosida bolalar tagliklari ishlab chiqarilayotgan ekan. 200 dan ortiq ish oʻrni yaratilgan korxona mahsulotlari Qirgʻiziston, Tojikiston, Turkmanistonga eksport qilinmoqda. Ayni kunlarda Turkiya davlati va Dubay shahriga ham mahsulot yetkazib berilmoqda.

– Bankning kredit soʻrab keluvchi mijozlarni qabul qiladigan boʻlimda fikr-mulohazasi kuchli odamlar oʻtirishi kerak, –deydi “Sof gigienik” masʼuliyati cheklangan jamiyati muassisi Habibulla Abdiyev.– Sababi, qarz soʻrab kelgan odam muttahammi, pulni olib, qochib ketadiganmi yoki ishlab koʻkaradigan insonmi? Shuni ajrata oladigan bilimli xodimlarga kerak boʻlsa, ikki barobar ish haqi toʻlab, oʻsha joyga qoʻyish kerak. Shunda pul behuda sarflanmaydi. Har ikki tomon uchun ham manfaatli boʻladi. Vaholanki, bank oʻz resursini kerakli joyga ishlatmasa, pul aylanmasi kamayadi, qotib qolib, faqatgina pul saqlovchi vazifasini bajaradi. Pulni aylantirish lozim.

Buning uchun esa kreditlar berib, odamlarni uygʻotib, ishga solish kerak. Kreditdan maqsad esa yaxshi gʻoyasi bor, lekin mabagʻi yetishmayotgan odamni koʻllab-quvvatlash. Axir, non qilish uchun xamirturush kerak, yoʻqsa, non mazali chiqmaydi. Tadbirkorlik ham baʼzi joyda ana shunday xamirturush yaʼni kreditga bogʻliq boʻlib qoladi.

Press-tur ishtirokchilari korxonalarning ish faoliyati bilan tanishib, jarayonni kuzatdilar.