Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Agrobank: iqtidorli yoshlarga UDEA universitetida to‘liq moliyalashtiriladigan grantlar topshirildi
16:48 / 2025-08-01

2025 yil 29 iyul kuni “Agrobank” ATB Bosh ofisida UDEA universitetida tahsil olish uchun to‘liq moliyalashtiriladigan grantlar g‘oliblarini taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.

Mazkur grantlar Agrobank tomonidan iqtidorli va tashabbuskor yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning xalqaro darajada ta’lim olishlari uchun shart-sharoit yaratish maqsadida taqdim etilgan.

Grant doirasida talabalarga 4 yillik o‘qish uchun to‘lov-kontrakt mablag‘lari to‘liq qoplab beriladi, turar-joy xarajatlari moliyalashtiriladi, Oliy ta’lim davomida ish haqi to‘lanadigan amaliyot dasturlarida ishtirok etish imkoniyati yaratiladi.

UDEA (University of Digital Economy and Agrotech) – 2022 yilda tashkil etilgan, axborot texnologiyalari, moliya, menejment va biznes sohalari bo‘yicha amaliyotga yo‘naltirilgan zamonaviy ta’limni taklif etuvchi universitetdir.  

Universitet Buyuk Britaniyaning nufuzli oliy ta’lim muassasasi — Coventry University bilan bevosita hamkorlik qiladi. UDEA talabalari O‘zbekistonda tahsil olib, xalqaro darajada tan olingan Britaniya diplomiga ega bo‘lish imkoniyatiga ega bo‘ladilar.

Universitetga qabul qilish talablari quyidagilarni o‘z ichiga oladi IELTS 6.0 va undan yuqori (Writing qismi kamida 5.5), OEFL 60 yoki undan yuqori yoki CEFR tizimi bo‘yicha ekvivalent darajadagi ingliz tili sertifikati.

Grantga da’vogarlar nafaqat yuqori til ko‘nikmalariga ega bo‘lishlari, balki “Agrobank” vakillari ishtirokidagi suhbatda ham muvaffaqiyatli ishtirok etishlari talab etiladi.

O‘zA