Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Agrobank homiyligida Jizzaxda xalqaro sertifikat taqdim etadigan o‘quv markazi ochildi
15:42 / 2025-09-25

O‘quv markazi faoliyati mahalliy tadbirkor tashabbusi va Estoniya Payvandchilar Assotsiatsiyasi (AEW) bilan hamkorlikda tashkil etildi.

Markazda xalqaro ISO 9606-1 standarti bo‘yicha bir nechta yo‘nalishlarda payvandchilar tayyorlanadi.

Ayni vaqtda 20 nafar bo‘lajak payvandchilar 2 oylik dastur asosida ta’lim olishmoqda va bir yil davomida 500 nafar payvandchilar tayyorlanishi ko‘zda tutilmoqda.

Shuningdek, ingliz, nemis va yapon tillari bo‘yicha kasbiy kurslar tashkil etilgan. Qisqa va uzoq muddatli dasturlar orqali o‘quvchilar nazariy va amaliy bilimlarni chuqur o‘zlashtiradilar.

1100 m² maydonda qurilgan zamonaviy markazda 6 ta jihozlangan o‘quv xonasi mavjud bo‘lib, har biri 25–30 nafar o‘quvchiga mo‘ljallangan.

Bitiruvchilar xalqaro sertifikat asosida MDH va Yevropa davlatlarida ish topish imkoniyatiga ega bo‘ladilar.

O‘zA