English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Agrobank: festivalning bir qator nominatsiyalari g‘olibi
15:41 / 2022-10-25

Joriy yilning 21-23 oktyabr kunlari poytaxtimizda bo‘lib o‘tgan “Tashkent Advertising Festival” tanlovida Agrobank ham o‘z loyihalari bilan faol ishtirok etdi.

Tanlov natijalariga ko‘ra,  bank bir qator yo‘nalishda g‘olib bo‘ldi. Xususan, marketing hamjamiyatining xalqaro ekspertlari tomonidan uchta nominatsiyaga ko‘ra, Agrobankka eng yuqori "Gran Pri" va "Platinum" mukofotlariga loyiq ko‘rildi.  Shuningdek,

  • Rebrending  - platinum;
  • Fermerlar maktabi (hamjamiyat) - Gold;
  • Kredit karta - Silver;

- Fermerlar maktabi (ijtimoiy) – Bronza e’tirofiga ham sazavor bo‘lindi.  

Albatta, bank xizmatlariga eng munosib bahoni iste’molchilar beradi. Natijalar o‘z o‘zidan bo‘lmaydi. Aniq maqsad, hamjihatlik yuqori marralarni yaqinlashtiradi.   Mijozlar ham bankdagi yangiliklar va o‘zgarishlarni o‘ziga xos tarzda baholadilar.

Iste’molchilar tanloviga ko‘ra:  

  • Kredit karta - Gold;
  • Agrozamin.o‘zimizniki - Gold;
  • Fermerlar maktabi- Gold;
  • Agrobooks- Silver;

Bank erishgan bu mukofotlarda ulkan maqsadlar sari odimlayotgan jamoa va ularning xizmatlaridan foydalanishga jazm etgan mijozlarning ham munosib hissasi bor.

O‘zA
Reklama huquqi asosida