Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
“Agrobank” ATB Xitoy davlat taraqqiyot banki bilan hamkorlik bitimi imzoladi
12:42 / 2020-01-16

“Agrobank” ATB Xitoy davlat taraqqiyot banki (XDTB) bilan 40 million dollarlik kredit shartnomasini imzoladi.


“Agrobank” ATB Xitoy davlat taraqqiyot banki (XDTB) bilan 40 million dollarlik kredit shartnomasini imzoladi.

Unda Xitoy davlat taraqqiyot bankining O‘zbekistondagi ishchi guruhi direktori janob Feng Je, Xitoy davlat rivojlanish bankining loyiha menejeri Vang Shaonan va “Agrobank” ATB Boshqaruv raisining o‘rinbosari Shuhrat Mirzaev ishtirok etdi.

– Kredit shartnomasi O‘zbekiston va Xitoy Xalq Respublikasi ishbilarmonlari o‘rtasidagi munosabatlarni uzoq muddatli kreditlar berish orqali qo‘llab-quvvatlashni, iqtisodiy va savdo aloqalarini kengaytirishni, shuningdek, ikki strategik sherik mamlakatning investitsion faoliyatini ta’minlashni ko‘zda tutadi, – dedi Shuhrat Mirzaev.

Shartnoma Xitoy yetkazib beruvchilari va pudratchilari ishtirokidagi loyihalarni moliyalashtirish uchun kredit liniyasini taqdim etishga taalluqlidir. Ushbu bitimning maqsadi Xitoydan yuqori texnologik uskunalar, tovarlar va xizmatlarni sotib olishni moliyalashtirish orqali o‘zbekistonlik ishbilarmonlar va Xitoy ishlab chiqaruvchilari o‘rtasidagi hamkorlikni rivojlantirishga ko‘maklashish.

Moliyaviy hamkorlik to‘g‘risidagi shartnomaning imzolanishi ikki tomonlama munosabatlarga va ikki mamlakat o‘rtasidagi savdo-iqtisodiy aloqalarning yanada rivojlanishiga turtki bo‘ladi, shuningdek, kredit resurslarini imtiyozli shartlarda jalb qilish imkoniyatini beradi. Bu esa O‘zbekistonda yangi yirik investitsiya imkoniyatlarini yaratadi.

Ma’lumot o‘rnida aytish mumkinki, Xitoy davlat taraqqiyot banki 1994 yil mart oyida infratuzilmani, yirik sanoat tarmoqlarini, shu jumladan energetika va transportni modernizatsiya qilish va rivojlantirishga yo‘naltirilgan hukumat loyihalarini moliyalashtirish uchun tashkil etilgan. Xitoy moliya institutining asosiy maqsadi iqtisodiyotni rivojlantirish va strategik tarkibiy o‘zgarishlarni qo‘llab-quvvatlab, markaziy hukumatning makroiqtisodiy siyosatini tartibga solishdir. CDBning asosiy faoliyati uzoq muddatli kreditlash va obligatsiyalar chiqarish hisoblanadi.