Yaponiya va O‘zbekiston o‘rtasidagi hamkorlik munosabatlari yangi, amaliy bosqichga ko‘tarilmoqda. Jumladan, O‘zbekiston qishloq xo‘jaligida zamonaviy yondashuvlarni joriy etish, ilmiy salohiyatni oshirish, eksport geografiyasini kengaytirish hamda Yaponiya bilan uzoq muddatli strategik hamkorlikni yanada mustahkamlash yo‘lida muhim qadamlar tashlandi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Yaponiya davlatiga rasmiy tashrifi doirasida qishloq xo‘jaligi sohasida ham muhim kelishuvAgrar sohada muhim kelishuvlar: Yaponiya bilan innovatsiya va ilm-fan yo‘lida hamkorlik
Yaponiya va O‘zbekiston o‘rtasidagi hamkorlik munosabatlari yangi, amaliy bosqichga ko‘tarilmoqda. Jumladan, O‘zbekiston qishloq xo‘jaligida zamonaviy yondashuvlarni joriy etish, ilmiy salohiyatni oshirish, eksport geografiyasini kengaytirish hamda Yaponiya bilan uzoq muddatli strategik hamkorlikni yanada mustahkamlash yo‘lida muhim qadamlar tashlandi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Yaponiya davlatiga rasmiy tashrifi doirasida qishloq xo‘jaligi sohasida ham muhim kelishuvlarga erishildi.

Xususan, O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi mas’ul xodimlari hamda Yaponiya Qishloq, o‘rmon va baliqchilik vazirligi o‘rtasida o‘zaro hamkorlikni rivojlantirishga qaratilgan ikki tomonlama bitim imzolandi. Ushbu hujjat agrar sohada ilg‘or tajriba almashinuvi, zamonaviy texnologiyalarni joriy etish va ilmiy hamkorlikni kengaytirishda mustahkam huquqiy asos yaratadi, deyiladi Qishloq xo‘jaligi vazirligi ma’lumotida.
Rasmiy tashrif doirasida Yaponiyaning qator davlat, ilmiy hamda yetakchi xususiy tashkilotlari bilan ham aniq loyihalarga yo‘naltirilgan hujjatlar imzolandi. Jumladan, “Aglis Co., Ltd.” kompaniyasi bilan Sirdaryo viloyatida kivi gul changini yetishtirish va uni Yaponiya bozoriga eksport qilish bo‘yicha kelishuvga erishildi.
“Fairness Group” kompaniyasi bilan qishloq xo‘jaligi sohasida yapon tilini o‘qitish va mutaxassislarni Yaponiyaga malaka oshirishga hamda tajriba orttirishga yuborish bo‘yicha hamkorlik yo‘lga qo‘yildi.
Bundan tashqari, “TAKII & Co., Ltd.” kompaniyasi bilan Farg‘ona viloyatida Yaponiya piyoz navlari urug‘chiligini tashkil etish, “Masui Co., Ltd.” kompaniyasi bilan esa innovatsion qishloq xo‘jaligi texnologiyalarini joriy etish bo‘yicha kelishuvlar imzolandi.
Ilm-fan va innovatsiya yo‘nalishida ham hamkorlik yanada mustahkamlandi. Xususan, Nagoya universitetining biotexnologiya markazi hamda Genetika milliy instituti bilan qurg‘oqchilik va suv tanqisligi sharoitida ekinlarni seleksiya qilish, ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borish bo‘yicha qo‘shma loyihalarni amalga oshirishga kelishib olindi.
A.RUSTAMOV, O‘zA