Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Agrar sohada dolzarb va kechiktirib bo‘lmas masalalar muhokama qilindi
14:28 / 2025-12-19

Sirdaryo viloyatida qishloq xo‘jaligini rivojlantirish, fermer va dehqonlar faoliyati samaradorligini oshirish hamda sohada zamonaviy agrotexnologiyalardan samarali foydalanish masalalariga bag‘ishlangan keng qamrovli uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Unda viloyat hokimi Erkinjon Turdimov, agrar soha vakillari, fermer va dehqonlar, sohaviy mutaxassislar va klasterlar rahbarlari ishtirok etishdi.

Uchrashuvda qishloq xo‘jaligini yanada rivojlantirish, zamonaviy agrotexnologiyalarni joriy etish, fermer va dehqon xo‘jaliklarini qo‘llab-quvvatlash, mahsulot hosildorligini oshirish hamda mavjud muammolarga aniq va amaliy yechimlar topish masalalari atroflicha muhokama qilindi. Shuningdek, ishtirokchilarning fikr va takliflari tinglandi. Jumladan, yer maydonlarini samarali qishloq xo‘jaligi aylanmasiga kiritish, Shinjon usulida paxta yetishtirishga tayyorgarlik ko‘rish, kuzgi shudgorlash ishlari, ariq va kanallarni tozalash hamda betonlashtirish, nasos stansiyalariga quyosh panellari o‘rnatish masalalari hamda “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida amalga oshirilayotgan ishlar hududlar kesimida batafsil muhokama qilindi.

Viloyat hokimi Erkinjon Turdimov uchrashuv yakunida fermer va dehqonlar faoliyatining barqaror va daromadli bo‘lishi muhimligini ta’kidlab, “Dehqon boy bo‘lsa — yurt boy bo‘ladi” degan hayotiy aqidaga amal qilish zarurligini qayd etdi. Har bir fermer va har bir dehqon yerdan samarali foydalanishi, xo‘jaligini rivojlantirishi va mahsulot hosildorligini oshirishi kerakligi alohida uqtirildi. Shu bilan birga, sohaga mas’ul rahbarlarga fermer va dehqonlar bilan yaqin hamkorlikda ishlash, ularning muammolarini joyida hal etish va amaliy yordam ko‘rsatish bo‘yicha aniq topshiriqlar berildi.

G‘ulom Primov, O‘zA muxbiri