Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Agrar sohada amalga oshiriladigan muhim vazifalar mavjud
16:11 / 2025-12-24

Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Bilim va innovatsiyalar Milliy markazi(AKIS)da “Global iqlim o‘zgarishi sharoitida oziq-ovqat va mahsulotlar xavfsizligini ta’minlash orqali Barqaror rivojlanish maqsadlariga erishish” mavzusida ilmiy-amaliy konferensiya bo‘lib o‘tdi.

Unda Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Spikerining o‘rinbosari Mavludaxon Xo‘jayeva, Qishloq xo‘jaligi vaziri o‘rinbosari Jamshidjon Abduzuxurov, Oliy Majlis Senatning Agrar suv xo‘jaligi masalalari va ekologiya qo‘mitasi raisi o‘rinbosari Sayyora Abdikarimova, Toshkent davlat agrar universiteti rektori Narzullo Oblomuradov, agrar soha ekspertlari, ilmiy-tadqiqot muassasalari olimlari, professor-o‘qituvchilar qatnashdi. 

Konferensiyaning asosiy maqsadi – global iqlim o‘zgarishi sharoitida oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash, qishloq xo‘jaligi mahsulotlari sifat va xavfsizligini oshirish, innovatsion va iqlimga mos yechimlarni joriy etish orqali BMTning Barqaror rivojlanish maqsadlariga erishish yo‘llarini muhokama qilishdan iborat. 

Ma’lumki, bugungi kunda yer yuzida iqlim o‘zgarishi va turli ekologik muammolar, shuningdek, urbanizatsiya jarayonlarining kuchayib borishi oqibatida qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat mahsulotlari yetishtirish qiyinlashmoqda. Bu esa dunyo oziq-ovqat bozorlarida narx-navo ko‘tarilib borishiga sabab bo‘lmoqda. Statistikaga ko‘ra, jahonning 54 mamlakatida oilalar moddiy ahvoli darajasining pasayishi kuzatilgan, 20 dan ziyod davlat aholisining asosiy qismi ochlikdan qiynalmoqda. 

Jumladan, BMT ma’lumotlariga ko‘ra, jahon aholisining 815 million nafari och qolayotgan bo‘lsa, 2050 yilga borib bu ikki milliard kishiga yetadi. Ularning 12,9 foizi rivojlanayotgan mamlakatlarda yashaydi. Bu, albatta, oziq-ovqat mahsulotlari yetishtirishdagi muammolar va uning xavfsizligi bilan bog‘liq jarayonlar fonidagi vaziyatdir. 

Tadbirda AKIS direktori, akademik Shodmon Nomozov mamlakatimizda oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlashga qaratilgan chora-tadbirlar xususida aytib o‘tdi. Mas’ullar tomonidan bu boradagi qonuniy-me’yoriy hujjatlarning mazmun-mohiyati haqida ham so‘z yuritildi. 

Ma’lumki, joriy yil 6 avgustda “Oziq-ovqat xavfsizligi to‘g‘risida”gi Qonun kuchga kirib, u oziq-ovqat xavfsizligi sohasidagi munosabatlarni tartibga solishga qaratilgan. Prezidentimizning 2019 yil 23 oktyabrdagi “O‘zbekiston Respublikasi qishloq xo‘jaligini rivojlantirishning 2020-2030 yillarga mo‘ljallangan strategiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi farmonida oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligini ta’minlash va iste’mol ratsionini yaxshilash kabi masalalar alohida e’tiborga olingan. 

Kuzatuvlarga ko‘ra, joriy yilda O‘zbekiston 2025 yil uchun barqaror rivojlanish maqsadlari indeksidagi ko‘rsatkichlarini yaxshilab, o‘tgan yilga nisbatan 19 pog‘onaga ko‘tarildi va 2015 yildan buyon Markaziy Osiyo va Sharqiy Yevropa davlatlari orasida jadal rivojlanayotgan davlat sifatida e’tirof etildi. 

Konferensiyada naslchilik va chorvachilik, yer degradatsiyasi va sho‘rlanishning oziq-ovqat xavfsizligiga ta’siri, qurg‘oqchilik va suv tanqisligi, raqamli texnologiyalarning afzalliklari kabi mavzularda ma’ruzalar tinglandi. 

A.Musayev,O‘zA.