English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Agrar soha xodimlari referendumda faol ishtirok etadi
09:16 / 2023-03-25

Toshkent davlat agrar universitetida “O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy qonuni loyihasining mazmun va mohiyatini tushuntirishga bag‘ishlangan targ‘ibot-tashviqot tadbiri o‘tkazildi.

 Unda Qishloq xo‘jaligi vazirligi tizimidagi idora va tashkilot mas’ullari, universitetning professor-o‘qituvchilari va hududiy boshqarmalarning ishchi xodimlari ZOOM platformasi orqali ishtirok etdi. 

Tadbirda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati A’zamjon To‘laboyevning ma’ruzasi tinglandi. Ma’ruzada Konstitutsiyaviy islohotlar bilan bog‘liq muhim siyosiy-huquqiy jarayonlar xususida ma’lumot berib o‘tildi. 


 
Tadbirda Konstitutsiyada yoshlar va ta’lim, gender tenglik, tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash, erkin axborot olish, ijtimoiy himoya va ekologik huquqlarni, sud tizimlari erkinligi va mustaqilligini ta’minlash, Parlament vakolatlarini yanada kuchaytirish borasidagi yangi o‘zgarishlar alohida qayd etildi. 

– Joriy yilning 30 aprel sanasida Konstitutsiyamizga kiritilgan o‘zgartishlar munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi referendumini o‘tkazish belgilandi, – deydi Toshkent davlat agrar universitetining O‘rmon xo‘jaligi va landshaft dizayni fakulteti talabasi Nursulton Ne’matov. – Universitetning barcha yosh talabalari referendumda faol ishtirok etish istagini bildirgan. Yangilanayotgan Konstitutsiyamiz qabul qilingandan so‘ng, bu Konstitutsiya orqali yetuk marralarga erishishimizga ishonamiz. 
 
Darhaqiqat, xalqimizning, ekspert va mutaxassislarning takliflari, xalqaro va xorijiy davlatlarning tajribasi inobatga olingan holda tayyorlangan Konstitutsiyaviy qonun loyihasi xalqimizning farovon hayoti uchun mustahkam huquqiy asos bo‘lib xizmat qiladi. 

Muhayyo Toshqorayeva, 
O‘zA